” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi


- MAVZU: Sinfdan tashqari o’qish metodikasi. Sinfdan tashqari o’qish darslarining tayyorlov, boshlang’ich,asosiy bosqichlari dars ishlanmasini tuzish



Yüklə 382,15 Kb.
səhifə41/71
tarix26.03.2023
ölçüsü382,15 Kb.
#124373
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi

5- MAVZU: Sinfdan tashqari o’qish metodikasi. Sinfdan tashqari o’qish darslarining tayyorlov, boshlang’ich,asosiy bosqichlari dars ishlanmasini tuzish


MAQSAD: Talabalarda sinfdan tashqari o’qish darslari tayyorlov bosqichi dars ishlanmasini tuzish malakalarini shakllantirish.
Dars mеtodi: gеnеtik mеtod, klastеr.
Dars jihozi:ko`rgazma, darslik, xattaxta.
MASHG`ULOT RЕJASI:

  1. Sinfdan tashqari o‘qish — ta’lim-tarbiya tamoyili sifatida.

  2. Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlash va tavsiya etish.

  3. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotini tashkil etish.

  4. Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlik.

5.Sinfdan tashqari o‘qishning ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyati
MASHG`ULOT MAZMUNI:
Amaldagi o‘quv dasturi sinfdan tashqari o‘qish borasida o‘quv- chilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni belgilab, boshlang‘ich ta’limning har bir bosqichi uchun alohida- alohida ko‘rsatmalar beradi.

  1. sinfda:

  • o‘quvchilarning o‘qish malakasini o‘stirish;

  • badiiy kitob orqali mustaqil o‘qish ko‘nikmasini hosil qilish;

  • ona Vatan, uning tabiati, mamlakatimizning bugungi hayoti va sayr-sayohatlardan olgan taassurotlarni so‘zlash, rasmda ifodalash, kichik hajmli matn tuzish;

  • mustaqil ravishda asar mutolaasiga o‘rganish, qahramonlar no’lini yozish, ularni tasvirlab ijodiy rasm chizish, fikr yakuniga mos maqollar topish va yod olish;

  • tanish kitoblar no’lini, muallifini aytish, o‘zlari qiziqqan kitobni tanlash, ichda o‘qish uchun matn ajratish.

  1. sinfda:

O‘qish materiallari (17 soat):

  • 8—30 betli bolalarbop badiiy, ilmiy kitoblar;

  • ovozsiz mustaqil o‘qish va tanlab ovoz chiqarib o‘qish uchun 1—5 bet hajmli she’r, ertak va hikoyalar.

O‘qish mavzulari:

O‘quvchilarning kitob ustida ishlashi, «Kim yoki nima haqida
o‘qidingiz?» savoliga javob berishlari, kitob mazmunini aniqlash va obrazlarning xatti-harakatini, xulqini, sarguzashtlarini mustaqil baholay olishlari lozim deb uqtiriladi. Sinf o‘qituvchisi mustaqil o‘qishda bolalarning kitobga ijobiy munosabatini tiklashi, sinf kutubxonasini tartibga solishi, adabiy o‘yinlar tashkil etishi, o‘qil- gan asar voqealari asosida inssenirovka qilishi haqida ko‘rsatma beriladi.
3-sinfda (17 soat):
Sinfdan tashqari o‘qish ko‘lami kengayib, o‘zbek va jahon adabiyoti namunalarida, bolalar jurnali va gazetalarida kichik kitobxon uchun berilgan asarlarni o‘qish tavsiya etiladi. O‘quv materiallari kichik yoshli bolalarga mo‘ljallangan 18—150 bet hajmida badiiy, ilmiy-ommabop asarlar bo‘lishi lozim deb aytiladi. O‘qish mavzulari turli xil bo‘lib, kitobning ichki muqovasi, mundarijasi, so‘zboshi va xotimasini bilish, ularga qarab notanish kitobning taxminiy mazmunini aniqlash talab etiladi. O‘quv yilining 1- yarmida ikki haftada 10—12 betli va ikkinchi yarim yillikda 20—25 betli asarni o‘qish, mazmunini savol-javob asosida yoritib berish, tanishib chiqilgan yozuvchilarning kamida ikki-uchta kitobini bilish o‘quvchilar zimmasiga yuklanadi.
4-sinfda (17 soat):
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘uloti sinfda o‘qish dasturi bilan uzviy bog‘lanib, undagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun yaqindan yordam beradi. O‘quvchilarda kitobxonlik madaniyati tarbiya topadi. Ular oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarilish uchun intiladilar. O‘quvchilar o‘ziga maqbul bo‘lgan ijodkorning asarini tanlab o‘qishga erishadi.
Sinfdan tashqari o‘qish dasturi kutubxona bilan hamkorlikda o‘quvchilarni individual jalb etish orqali bajariladi. Bu o‘qish 1959-yildan boshlab amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunning amaliy dasturiga muvofiq boshlang‘ich ta’limning hamma bosqichlarida ikki haftada bir marta o‘tkaziladi.
Dars yakunida darsda faol qatnashgan talabalarni baholash.

Yüklə 382,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin