0‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy moder- nizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi


Ill BOB. TO‘LOV VA HISOB-KITOB BALANSLARI



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə7/42
tarix19.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Halqaro valyuta

Ill BOB. TO‘LOV VA HISOB-KITOB BALANSLARI

    1. To‘Iov balansi va uni tuzish metodologiyasi

To‘lov balansi - bu mamlakatga xorijdan kelib tushgan va xorijga to‘lab berilgan valyutalaming haqiqatdagi summasi aks ettiriladigan hujjatdir.
XVF to‘lov balansini statistik hisobot shakli deb hisoblaydi.
To‘lov balansi xalqaro hisob-kitoblar balansining muhim shakllaridan biri hisoblanadi.
To‘lov balansida ikki yo'nalishdagi valyuta oqimi o‘z ifodasini topadi:

  1. Xorijiy valyutalardagi tushumlar.

  2. Xorijiy valyutalardagi to‘lovlar.

To‘lov balansi mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarining rivojlanish darajasini, jahon savdosidagi, xalqaro kapitallar va kreditlar harakatidagi o‘mini ko'rsatadi.
Masalan, to‘lov balansida import qilingan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov summasini eksport tushumidan yuqori bo‘lishi mamlakatning xalqaro savdodagi mavqeining pasayayotganligidan dalolat beradi. Yoki mamlakatda xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan talabning oshishi xorijiy investitsiyalar kirimining ulaming chiqimidan yuqori bo‘lishiga olib keladi. Xalqaro kreditlaming harakati bo‘yicha ham shunday holatni kuzatish mumkin.
To‘lov balansining holati bevosita milliy valyutaning nominal almashuv kursiga, ishlab chiqarishga, iste’molga, aholi bandligi va inflyatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatadi.
To‘lov balansida to‘lovlar summasini tushumlar summasidan katta bo‘lishi mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari miqdorining kamayishiga olib keladi. Buning natijasida mamlakat milliy valyutasining nominal almashuv kursiga nisbatan kuchli bosim yuzaga keladi. Buning natijasida milliy valyuta qadrsizlanishi mumkin.
Shuningdek, to‘lov balansida toflovlar summasini tushumlar summasidan katta bo‘lishi inflyatsiya darajasini oshirishga xizmat qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.
Yuqorida qayd etilgan holatlar to‘lov balansining holatini mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shu sababli, to‘lov balansining muvozanatlashgan holatini, ya’ni xorijiy valyutadagi toflovlar va tushumlar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
To‘lov balansini tuzish ikki yoqlama yozuvga asoslanadi. Ya’ni, bunda har bir operatsiya ikki marta aks ettiriladi: bir hisobraqamning debetida, ikkinchi hisobraqamning esa kreditida aks ettiriladi. Bunda kreditli o‘tkazmalaring jami summasi debetli o‘tkazmalarining jami summasiga teng bolishi va yakuniy saldo nolga teng boflishi shart. Kreditli va debetli o‘tkazmalar o‘rtasidagi farq summasi sof xatoliklar deb ataladi.
5.1-jadval

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin