Mashhur sovet aviokonstruktori N.N.Poliokarpov rahbarlariga loyihalangan U-2 samoliyoti yetarlicha sinashlardan keyin sinovchi-uchuvchi M.M.Gromov tomomnidan a’lo darajada baholandi. 1928 yilda uni seriali ishlab chiqarishga qabul qilinadi va 1953 yilgacha ishlab chiqariladi. Turli variantlarga tayyorlangan U-2 (PO-2) Samoliyotining umumiy soni 40 mingtaga yetadi. U-2 o’quv samoliyoti asosiy vazifasidan tashqarti qishloq xo’jalik, yo’lovchilar , sonitariya, aloqa somoliyotlari va boshqa variantlar ham ishlab chiqarildi. Bu samoliyot (yengil yog’och mashina)dan tungi bombordimonchi va koorektirovshchik sifatida ham foydalanildi. (54-rasm). U-2 samoliyoti ko’p yilgacha birinchi o’quv mashinasi bo’lib qoldi va aeroklublar hamda Osoabiaxim maktablarida uchish mahoratlarini egallagan o’n minglarcha uchuvchilarga xizmat qildi. U juda mustahkam bo’lib ,ba’zan uchuvchilarning eng qo’pol xatolari bilan ham buzilavermasdi.
54-rasm
U-2 boshqaruv ruchkasi qo’yib yuborilgan holda ham uchaverar, dvigatelning ishlash rejimiga bog’liq ravishta yuqoriga ko’tarilar yoki pastlay olar edi. Samoliyot shtopordan yaxshi chiqardi. Uning qo’nishdagi tezligi atigi 65km/soat, bo’lib g’ildiraklarda tormozlar yo’q edi. Mashinaning har qanday tekis yalanglikda ko’tarila olishi juda muhim bo’lib, uning yugurishi uchun 100 metr kifoya edi. Samoliyotning konstruktiv yechimi ham nihoyatda muvaffaqiyatli hal qilinib, uni SSSRda ko’p tarqalgan materiallardan –qarag’ay, qayin faneri, polotno va po’latning arzon sortlaridan yasalgan. Juda oz miqdorda duraliminiy ishlatilgan. U-2 ham 20-yillardagi ko’p samoliyotlar kabi biplan sxemasi bo’yicha loyihalangan. U-2 ning fyuzelyaji sim tortqilar bog’langan qarag’ay reykalaridan yig’ilgan. Old qismining qoplami fonerkadan,dum qismining qoplami polotnodan qilingan. Qanotlarining lonjeronlari va nervyuralari qarag’ay buruskalar, reykalar hamda fonerdan yelim va mixlar bilan yig’ilgan. Qanotlarning qoplami polotnodan bo’lib, ham pastki,ham yuqorigi qanotiga eleronlar o’rnatilgan. Dumqanoti odatdagicha bo’lgan, stobilizatorni fyuzelyajga tirgak bilan o’rnatilgan. Shassi dum kostilli sxemada tayyorlangan. Qishda g’ildiraklar o’rniga chalg’ilar osongina almashtirilgan va bu ish samoliyotning uchish sifatiga zarar yetkazmagan. U-2 ga o’rnatilgan M-11 dvigatelining quvvati atigi100 ot kuchiga teng bo’lgan. U-2 (PO-2) samoliyoti 1928yilda chiqqan. Uchish massasi 890kg, dvigateli M-11-100 ot kuchiga teng, qanotning yuzasi 22,15 m2,maksimol tezligi 150km/soat, uchish uzoqligi 400km, ekipaji 2kishidan iborat bo’lgan. 55-rasm 01-1 0da U-2 amoliyoti modeli detallarning chizmalari ko’rsatilgan, bu detallarning nomlari spesifikasiyasi (21-jadvalda)ifodalangan. 22,23 jadvallarda g’ildirak, vint hamda fyuzelyajni tayyorlashning ikkita texnologik jarayoni berilgan.