Kasallik qo’zg’atuvchisi morfologiyasi va tinktorial xususiyatlari.
Kasallikning laborator diagnostikasi.
Qo’llaniladigan biopreparatlar.
Botulizm barcha hayvonlarga oid toksikoinfeksion kasallik. Botulinum zaharini saqlovchi oziqlarni yeyish natijasida paydo bo’lib, markaziy nerv sistemasining og’ir zararlanishi, hiqildoq, til va pastki jag’ning falajlanishi bilan xarakterlnadi. Botulizm bilan odam ham kasallanadi.

Botulizm 18 asr o’rtalarida ifodalanib, uning nomi (kolbasa- lot. Botulus) kolbasa yeb kasallangan odamlarda kasallikning birinchi klinik belgilarini kuzatishdan olingan. Botulizm qo’zg’atuvchisini birinchi marta 1896 yilda van Ermengem botulizmdan o’lgan odamning talog’ va yo’g’on ichagidan ajratdi.
Keyingi tekshirishlar natijasida tabiatda-Cl. botulinumning 7 ta tipi borligi aniqlandi. A, B, C, D, E, F, Y . Ular o’zaro ekzotoksinning antigen tuzilishi bilan farq qiladi.
Morfologiyasi va tinktorial xususiyatlari. Cl.botulinum bo’yalgan preparatlarda uchlari qayrilgan, uzunligi 4-9 mkm, eni 0,6-0,8 mkm tayoqchalar ko’rinishida bo’ladi. Bakteriyalar alohida yoki juft, ba’zida qisqa zanjir shaklida joylashadi. Mikrob harakatchan-peritrix. Sporalari oval shaklida bo’lib, hujayra markazida yoki chekkalariga yaqin joylashadi. U teniis raketkasi shaklini eslatadi. Kapsula hosil qilmaydi. Vegetativ hujayralari anilin bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaladi. Yosh kultura va to’qimadan tayyorlangan preparatlarda grammusbat,eski kulturalarda-grammanfiy bo’yaladi.