ILOVALAR 1-ilova INKOTERMS Inkotermsning maqsadi - tashqi savdoda keng qo‘llaniladigan terminlami talqin qilishning bir xilligini ta’minlashdan iborat.
Davlatlar o‘rtasida tashqi savdoni yuritish qoidalari ayrim hollarda bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Bu esa, eksporterlar va importerlar o‘rtasida munozaralami kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Xalqaro savdo Palatasi mana shu muammoga barham berish maqsadida 1936-yilda savdo terminlarini talqin qilishning xalqaro qoidasi - Inkotermsni ishlab chiqdi.
Inkotermsga 1953, 1967, 1976, 1980, 1990-yillar va so‘nggi marta 2000 yilda qo‘shimchalar va tuzatishlar kiritildi.
Inkotermsni qo‘llanish sohasi faqat tovarlami eksport-import qilish shartnomasida ishtirok etuvchi tomonlaming huquqlari va majburiyatlari bilan cheklanadi.
Inkotermsda tashqi savdo terminlari 4 guruhga ajratilgan:
E
F
C
D
E guruhi 1. EX (Wex Works) -Franko zavod
Bunda sotuvchi (eksportyor) tovami sotib oluvchiga (importyor) o‘zining zavodida topshiradi va shu bilan uning majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
Sotib oluvchi bojxona hujjatlarini rasmiylashtiradi, barcha xarajatlar va risklami o‘z zimmasiga oladi.
F guruhi FSA (Free Carrier) -Franko tashuvchi.
Bunda sotuvchi tovarlami bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi va uni sotuvchi ko‘rsatgan tashuvchi turgan joyga yetkazib beradi.
Sotuvchi tovarlami transport vositasiga yuklash majburiyatiga ega, lekin tovami tashuvchi turgan joyga yetkazib berganda tushirib berish majburiyatini olmaydi.
FAS (Free Alongside Ship) - Remaning bortiga qadar erkin.
Bunda sotuvchi tovar jo‘natiladigan portda turgan kemaning bortining oldiga tovami olib boradi. Shu vaqtdan boshlab, sotuvchi barcha xarajatlar va risklar uchun javobgarlikni zimmasiga oladi.
Sotuvchi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
Mazkur termin faqat tovarlar suvda yoki ichki suv transportida tashilganda qo‘llaniladi.
FOB (Free on Board) - Bortga erkin.
Bunda sotuvchi tovar jo‘natiladigan portda turgan kemaning bortiga yuklaydi. Shu vaqtdan boshlab sotib oluvchi barcha xarajatlar va risklami o‘z zimmasiga oladi.
Sotuvchi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
S guruhi CFR (Cost and Freight) - Qiymat va fraxt.
Bunda sotuvchi tovami kelishilgan portga yetkazib berish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlami va fraxtni to'laydi. Ammo, yo'lda tovar kutilmaganda halokatga uchrasa, xarajatlami sotib oluvchi to'laydi.
Sotuvchi o'zining mablag'lari hisobidan eksport litsenziyasini yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatni olishga majbur.
CIF (Cost, Insurance and Freight) - Qiymat, sug'urta va fraxt.
Bunda sotuvchi tovami kelishilgan mo'ljaldagi portga yetkazib berish bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlami va fraxtni to'laydi.
Sotuvchi tovami tashish jarayonini sug'urta qildirishga majbur, ammo yo'lda tovar tasodifan halokatga uchrasa, zarar summasini qoplashni zimmasiga olmaydi.
Sotuvchi o'zining mablag'lari hisobidan eksport litsenziyasini yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatni olishga majbur.
CPT (Carriage Paid to) - Tashuv ... gacha to'langan.
Bunda sotuvchi tovami tashuvchiga yetkazib beradi va tovami kelishilgan mo‘ljaldagi punktga yetkazib berish xarajatini to‘laydi. Bu yerda tashuvchi deganda tovami avtomobil, temir yo‘l, havo transportida yoki suv yo‘li bilan yetkazib berishni amalga oshiradigan yuridik shaxslar tushuniladi.
Agar tovar yo‘lda tasodifan halokatga uchrasa, zarami birinchi tashuvchi to‘laydi.
CIP (Carriage and Insuranse Paid To) - Tashish va sug‘urta ...gacha to'langan.
Bunda sotuvchi (eksportyor) unga aytilgan tashuvchiga yetkazib beradi va kelishilgan punktga tovami yetkazib berish xarajatlarini va sug‘urta xarajatini to'laydi.
Sotib oluvchi tovar yetkazib berilgandan keyingi barcha risklar va qo‘shimcha xarajatlami o‘z zimmasiga oladi.
Tovami mamlakatdan olib chiqib ketish uchun zarur bo'lgan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish sotuvchining zimmasiga yuklanadi.
Ushbu yetkazib berish sharti tovami har qanday transport turida tashishda qo'llaniladi.