1 – topshiriq. Test savollariga javob bering. Zardushtiylik axloqining asosi bu



Yüklə 99 Kb.
səhifə13/13
tarix31.12.2021
ölçüsü99 Kb.
#112892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
29-variant Ubaydullayeva Umumiy pedagogika

Abdulla Avloniy (1878-1934) «Tarjimai holi»da yozadi: «1900 yilda 
uylanib, oila boshlig’i bo‘lib qoldim. Shu yilda otam o‘lib, o‘gay onam 
bilan  bir  ukam  meni  qaramog’imda  menga  boqim  bo‘lib  qoldi.  Bu 
vaqtda  butun  oilani  boqmoq  uchun  qish  kunlarida  ham  ishlamoqqa 
to‘g’ri  kelganligidan  quvvai  muhofazam  o‘rta  darajada  bo‘lg’on  holda 
madrasani  tashlab  chiqib  ketuvg’a  to‘g’ri  keldi.  Shu  choqlarda  o‘zim 
mehnat ichida yashag’onlig’imdan boylarga va mullalarga qarshi sherlar 
yoza  boshladim.  Madrasadan  chiqib  ketsam  ham  maorif  ishlaridan 
chiqib  ketmadim.  Turli  gazetalar  o‘qishga  tutndim.  Shul  zamonlarda 
Rusiyaning  turli  shaharlarida  chiqqan  matbuot  –  gazeta  va  jurnallar 
bilan tanishib, o‘qib, malumotmni orttra bordim. «Tarjimon» gazetasini 
o‘qib,  zamondan  xabardor  bo‘ldim.  Shul  zamonda  erli  xalqlar  orasida 
eskilik — yangilik («jadid-qadim») janjali boshlandi. Gazet o‘quvchilari 
mullalarni  «jadidchi» nomi bilan atar  edilar. Men ham  shul jadidchilar 
qatoriga  kirdim.  1904-yildan  jadidchilar  to‘dasida  ishlay  boshladi. 
 «Jadid  maktabi»  ochib,  o‘qituvchilik  ham  qildim...  Mulla  va  boylarg’a 
qarashli  eski  turmush  bilan  qatiy  suratda  kurasha  boshladuk.  O‘z 
oramizdan mullalarga qarshi uyushmamiz ham vujudga chiqdi...». 
A.Avloniy  nashr  etgan  ro‘znomalar  ilg’or  fikrlar  targ’ibotchisi 
bo‘lgani uchun ham uning faoliyat chorizm hukumat tomonidan tez-tez 
taqiqlanar  edi.  Shundan  so‘ng  u  ilg’or  g’oyalarni  marifat  o‘chog’i  – 
maktab  orqali xalqqa tarqatshga qaror qiladi va                            1903-
yilda  Toshkentning  Mirobod  mahallasida  yangi  usulda  maktab  ochadi. 
A.Avloniy o‘zi ochgan maktabda kambag’allarning farzandlarini, etim-
yesirlarni o‘qitdi. Milliy,  jadid  maktablari  uchun  darsliklar,  o‘qish  kitoblarini 
ziyolilarimiz  asr  boshidan  yozib  chiqarib  keldilar.  1917-yildan 
maktablar  sonining  o‘sishi,  maorif  ijtimoiy  darajasining  ko‘tarilishi 
darsliklarga  talabni  oshirdi.  Pedagog,  olim,  davlat  arbobi  Abdulla
 Avloniy  1917  yilda  “Turkiy  guliston  yoxud  axloq”  asarini  qayta  nashr 
qildi,  shuningdek  “Maktab  gulistoni”  o‘qish  kitobini,  ikki  jildlik 
“Adabiyot yoxud milliy she’rlar” kitoblarini yaratdi va chop etdi.

 



Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin