1. Arxivlarni qaysi asosiy guruhlarga ajratish mumkin? A. Tashkilot, tarmoq, shaxsiy. B. Davlat, tashkilot, shaxsiy. C. Davlat, tarmoq, maxsus. D. Barcha javoblar to‘g‘ri. 2. Hujjatlar kompleksini ilmiy asoslarga ko‘ra ishlab chiqish va ular o‘rtasida mantiqiy va tarixiy bog‘liqlikni aniqlash so‘zining ma’nosi qaysi terminda berilgan? A. Turlarga ajratish. B. Ilmiy ishlab chiqish. C. Tizimlashtirish. D. Ro‘yxat tuzish. 3. Arxiv ishida “Hujjatlarni va ishlarni tashkil qilish qaysi ikki jarayonning birligini nazarda tutadi? A. Ilmiy ishlab chiqish va ro‘yxat tuzish. B. Turlarga va tizimlarga ajratish. C. Tarixiy ma’lumotnoma va fond tuzish. D. Fondlash va ro‘yxat tuzish. 4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlarini tashkil qilish ularni qanday belgilariga ko‘ra amalga oshiriladi? A. Mulkchilik turi, saqlash muddatiga ko‘ra. B. Axborot tashuvchilar turiga ko‘ra. C. Tegishliligi va axborot tashuvchi turiga ko‘ra. D. To‘g‘ri javob A va B. 5. Axborot tashuvchilarni turiga ko‘ra hujjatlarning turlari ko‘rsatilayotgan qatorni aniqlang. A. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondining davlatga tegishli qismi, mahalliy hokimiyat huzuridagi arxiv fondlari va hujjatlar. B. Qog‘oz axborot tashuvchilarda yozma va chizma ma’lumotlar, magnit va elektron axborot tashuvchilar. C. Doimiy va vaqtinchalik saqlanishda bo‘lgan arxiv hujjatlari va fondlari. D. To‘g‘ri javob yo‘q. 6. Tashkilotning arxiv fondini nima tashkil qiladi? A. Bitta tashkilotning faoliyati natijasida hosil bo‘lgan hujjatlar.