1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə1/6
tarix01.12.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#136796
  1   2   3   4   5   6
Auditorlik dalillar

Auditorlik dalillar


Reja:
Kirish

1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari

2. Auditorlik dalillarni olish manbalari


3. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash

4. Auditorlik dalillarni olish usullari.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Auditni rejalashtirish chog’ida tahliliy amallarni qo’llash, masalan, balans strukturasini aniqlash, eng jiddiy moddalarni va moddalar nisbatidagi kabi, boshqa davrlar bilan solishtirish bo’yicha ham o’zgarishlarni aniqlashga imkon beradi. Bu axborotlar risk zonasini aniqlash va boshqa auditorlik amallarini rejalashtirish chog’ida qo’llaniladi. Xususan, auditor hisobotni dastlabki tahlil qilish ma’lumotlariga ko’ra qaysi hisobot moddalarini puxta tekshiruvdan o’tkazish zarurligini hal qiladi. Hisobotda uchraydigan xatolar zonasi mijozkorxonaning joriy davrdagi dastlabki ma’lumotlari va o’tgan yillardagi shunga o’xshash ma’lumotlar yoki taqqoslash uchun ishlatilgan boshqa axborotlar o’rtasida keskin farqlarni topish yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Keskin tafovutlarning ehtimoldan holi bo’lmagan sabablaridan biri hisob va hisobotda ataylab yoki bilmasdan yo’l qo’yilgan xatolar bo’lishi mumkin.


Auditorlik tekshiruvlar chog’ida tahliliy amallar buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini haqiqiy ma’lumotlar yoki auditor tomonidan hisoblab chiqilgan summalari bilan taqqoslash orqali ham qo’llanilishi mumkin.
Auditning yakunlovchi bosqichida tahliliy amallarni qo’llash hisob va hisobotdagi aniqlangan nomuvofiqliklarga qo’-shimcha dalillar olish, hamda ushbu nomuvofiqliklarning hisobot ishonchliligiga ta’sirini aniqlashga ham imkon beradi.
Haqiqatga yaqin tahliliy amallardan biri balans hisob-kitoblari hisoblanadi.
Xususan, auditor tayyor mahsulotlarning hisobda haqqoniy va to’liq aks ettirilishi to’g’risidagi dalil-isbotlarga ega bo’lish uchun tez-tez xom-ashyolar, materiallar va tayyor mahsulot olinishi balansini tuzadi.
Xom-ashyo va materiallar balansini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi:
mahsulotning bir birligi uchun norma bo’yicha sarflangan xom-ashyo va materiallar va haqiqatda olingan mahsulotlar hisob-kitobi; xom-ashyo va materiallarni haqi-qiy sarfi bilan taqqoslash; xom-ashyo va materiallarni sarflashda tafovutlarni aniqlash.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin