1. Axloq me’yorlaridan chetga chiqish tushunchasi, unga tavsif va uning tiplari


O‘smirlik yoshida deviatsiya (me’yordan og‘ishlik) holatlari. Deviatsiya tiplari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/3
tarix02.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#137379
1   2   3
Ijtimoiy ishda deviant xulqli bolalarni axloqiy tarbiyalashning texnologiyalari va unda ijtimoiy ish xodimlarining roli

O‘smirlik yoshida deviatsiya (me’yordan og‘ishlik) holatlari. Deviatsiya tiplari
O‘smirlik davrini o‘tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar yosh ko‘rsatkichlari davrida o‘tish bosqichi eng qiyin va murakkab davrdir. Bu davrni yana shu sababli ham o‘tish davri deb hisoblaydilarki, bu o‘sish bosqichida inson bolalikdan kattalik davriga, bola xarakteridan, yetuk inson bo‘lib shakllanadigan bir, o‘ziga xos jarayonlar davriga o‘tiladi.
O‘smirlik yoshida o‘smirning yaxlit hayoti va faoliyati jiddiy o‘zgaradi va uning psixikasi qayta shakllanishiga olib keladi, o‘z tengdoshlari bilan o‘zaro faoliyatda, munosabatlarining yangi shakllari vujudga keladi. O‘smirning jamiyatdagi mavqei, jamoadagi vaziyati, holati almashinadi, unga kattalar yuqoriroq talablar qo‘ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy yetilish faollashadi, biroq ijtimoiy shakllanishi orqada qoladi. Bu esa jinsiy tarbiyada ijtimoiy-psixologik muammolarni vujudga keltiradi.
O‘smirlik yoshida bolada o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?”-savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi.
O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlarining ta’siri kuchayib e’tibor maktab, oilaning ahamiyatiga kamaygandek bo‘ladi. Ko‘pincha, o‘smir haqiqiy rasmiy jamoa va norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri afzal ekanligi to‘g‘risidagi tanlov oldida turadi. O‘smir o‘zini erkin sezadigan, uni hurmat qiladigan insonlar bo‘lgan guruh va muhitni ko‘proq xush ko‘radi.
Bunday muhit va jamoaga sport seksiyalari va texnikaga oid to‘garaklar bo‘lishi yoki o‘smirlar yig‘ilib, muloqot qiladigan, chekadigan va ichadigan va h.k yerto‘lalar ham bo‘lishi mumkin.
Bu yoshda ayrim o‘smirlarning kattalar, ayniqsa ota-onalari bilan muammoli vaziyatda bo‘ladigan. Ota-onalar ularga yosh bolaga, go‘dak g‘amxo‘rlik qilgandek, munosabatda bo‘lishni davom ettiradilar. O‘smir esa bu sharoitdan chiqib ketishga intiladi. Shu sababli kattalar bilan o‘zaro munosabatda janjalli vaziyatlar ko‘payadi.
O‘smirda kattalik hissi shakllanadi. Bu yoshda o‘smir mustaqil, erkin bharakat qiladi, kattalarning “o‘rgatish”lariga qarshi e’tiroz paydo bo‘ladi. O‘smir bu yoshda kumir (havas qiladigan insoni), ya’ni film qahramonlari, kuchli katta yoshdagi inson, ko‘rsatuv qahramoni, mashhur sportchi va boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlik uchun harakat qilishi holatlari ko‘p uchraydi. Tashqiyofa o‘smir uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ajoyib soch turmgi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, jidu yorqin rangdagi kosmetika va boshqa vositalar o‘smirga o‘zini boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida o‘zini tan olishlariga harakat qiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin