1-bilet qadimgi Misr davlati


-BILET Davan davlati haqida ma’lumot bering



Yüklə 63,29 Kb.
səhifə27/58
tarix01.01.2022
ölçüsü63,29 Kb.
#107091
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
6-sinf tarix javoblar

14-BILET

  1. Davan davlati haqida ma’lumot bering.

Davan davlati (Xitoy manbalarida bu o‘lka shu nom bilan tilga olinadi) taxminan, mil. avv. III asrda paydo bo‘lib, Farg‘ona vodiysida joylashgan. Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi bo‘ldilar, biroq ularning harakatlari behuda ketdi. Harbiy yurishlarning birida ular Davan davlatining poytaxti Ershini qo‘lga kiritdilar, biroq aholisining tovon to‘lashi evaziga uni tashlab chiqishgan. Davan davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo‘lgan xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan. Xitoy hukmdorlarini ko‘proq Farg‘onaning zotli otlari qiziqtirardi. Otlar naslining biriga hatto ular «Samoviy» deb nom berganlar. «Samoviy otlar» baquvvat va chopqir bo‘lgan. Qadimshunoslar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Ko‘p sonli aholiga, yaxshi qurollangan va mashq ko‘rgan qurolli kuchlariga ega bo‘lgan Davan mil. avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. Davan davlatining Sho‘rabashat, Uchqo‘rg‘on singari shaharlari atrofidagi aholi yerni ishlash, sholi va bug‘doy yetishtirish, bog‘dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan. Olimlarning aniqlashicha, milodiy III asrda Davan davlati barham topgan.


Yüklə 63,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin