1. Davlatning



Yüklə 80,78 Kb.
səhifə3/3
tarix09.11.2023
ölçüsü80,78 Kb.
#131535
1   2   3
14- innovatsion faoliyatning infratuzilmasi reja

Bosqichla
r

Yo‘nalishlar

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

1-pog‘ona

Institutlarning amal qilishi

Respublika iqtisodiyotida bazaviy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jamoat, siyosiy va iqtisodiy institutlarning samarali ishlashi. Ularga quyidagi-larni kiritish mumkin:

  • o‘zgarmas soliq stavkalari va oddiy soliqqa tortish tartibi;

  • korxonalar innovatsiya faoliyatini imtiyozli soliqqa tortish;

  • mulk huquqini muhofaza qilish;

  • investorlar huquqini himoyalash;

  • intellektual mulkni himoya qilish;

  • eksportni qo‘llab-quvvatlash;

  • sifatli bank xizmati;

  • hukumatning barqaror siyosati va hokazolar.

2-pog‘ona

Sifatli ta’lim

Aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun sifatli ta’lim tizimini ta’minlash quyidagilar orqali tadqiqotlarga sharoitlar yaratadi:

  • ta’limga yuqori xarajatlar;

  • zamonaviy ta’lim standartlari;

  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

  • malaka oshirish va xususiy ta’lim markazlarini rag‘batlantirish;
13.1-jadval O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish kontseptsiyasi







- texnik mutaxassislar va muhandislarni ko‘proq
tayyorlash.

3-pog‘ona

Tadbirkorlik madaniyati

Aholi, olimlar va tadqiqotchilar orasida quyidagilar orqali tadbirkorlik madaniyatini oshirish:

  • innovatorlarning tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirishlarini qo‘llab-quvvatlash;

  • olimlar va tadqiqotchilarning tadbirkorlik bilan bandligini ta’minlash;

  • biznes yuritishda huquqbuzarliklar uchun qonuniy javobgarlikning yumshoqligini ta’minlash;

  • aholi o‘rtasida tadbirkorlik va innovatsiya

jarayonlarini faol targ‘ib qilish.

4-pog‘ona

Rivojlangan infratuzilma

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishni engillashtirish uchun rivojlangan infratuzilmani yaratish:

  • yuqori tezlikdagi Internet va aloqadan foydalanish;

  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, texnik va ichimlik suv

ta’minoti uzluksizligini ta’minlash;

  • avto va temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • sifatli logistika xizmatlari.

5-pog‘ona

Rivojlangan bozorlar

Quyidagi imkoniyatlar mavjud ichki raqobat rivojlangan bozor:

  • kreditlar va venchur moliyasidan foydalanish;

  • bozorda innovatsion ishlanmalarni kommertsiyalash;

  • iqtisodiyotda klasterlar rivojlangani;

  • yaxshi rivojlangan mehnat bozori;

  • ko‘chmas mulk va tijorat binolari ijarasi rivojlangani;







- valyuta va fond bozorining ishlashi.

6-pog‘ona

Ilm-fanning davlat tomonidan moliyalashtirilis hi

Ilmiy-texnik yutuqlarimizni erishilgan darajada saqlab turish va yanada oshirish maqsadida ilm-fan va fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish:

  • tadqiqotlar uchun grantlar ajratish;

  • ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari ilmiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida subsidiyalar ajratish;

  • fanlararo tadqiqotlar faol olib borish;

  • olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvini rag‘batlantirish.

7-pog‘ona

Innovatsiya ishlanmalari- ning davlat tomonidan moliyalashtiri- lishi

Umumiy tovarlar, ish va xizmatlar hajmida innovatsion mahsulotlar ulushini oshirish uchun tajriba- konstruktorlik faoliyatini va innovatsion korxonalar ishlanmalari kommertsiyalashuvini moliyalashtirish:

  • innovatsion ishlanmalar va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etishning davlat tomonidan moliyalashtirilishi;

  • kreditlarga garov sifatida kafolatlar berish;

  • strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun soliq imtiyozlari berish;

  • innovatsion yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida ularga talabni saqlab turish uchun davlat xaridini ta’minlash;

  • davlat venchur fondlarini tashkil etish hamda xususiy fondlar investitsiyalarini riskdan kafolatlash fondini

tashkil qilish.

8-pog‘ona

Innovatsion
faollik

Qulay muhit shakllantirilishi va innovatsiyalarni faol
moliyalashtirish natijasida:







  • O‘zbekiston iqtisodiyotining innovatsion faolligi oshadi;

  • mehnat unumdorligi ko‘tariladi;

  • milliy va xalqaro patentlar berish ko‘payadi;

  • innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan korxonalar safi kengayadi;

  • tadqiqotlar va ishlanmalar bilan band kishilar soni

oshadi.

9-pog‘ona

Siyosat natijasi

Shundan so‘ng O‘zbekistonda olib borilgan innovatsiya siyosat natijasini quyidagi ko‘rsatkichlar orqali his etish mumkin:

  • berilgan patentlar soni;

  • venchurli investitsiyalar hajmi;

  • yuqori texnologik eksportning umumiy eksport hajmidagi ulushi;

  • xorijiy texnologiyalarga bog‘liqlikning pastligi;

  • ekologiya, sog‘liqni saqlash va aholi turmush darajasining yuqoriligi.

10-
pog‘ona

Iqtisodiy oqibatlar

Shu tariqa O‘zbekiston xalqaro yuqori texnologiyalar bozoridagi etakchilardan biriga aylanadi va turli xalqaro reytinglarda mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha
yuqori o‘rinlarga erishiladi.

Startap tashabbuslarni yaqindan qo'llab-quvvatlash dasturi talabalar va yosh olimlar uchun o'z startaplarini amalga oshirish va tadbirkorlik sohasida o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun imkoniyatlar yaratadi.


Tajribaviy loyiha tariqasida boshlangan dastur Toshkentning 15 dan ortiq oliy ta'lim muassasasi bilan hamkorlikda yosh olimlar va talabalarni innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etishga jalb qiladi.
Loyiha ishtirokchilarga startap g'oyalarni amalga oshirish ko'nikmalarini egallash, yakka tartibda biznes-murabbiyning maslahatlarini olish, loyiha doirasida ko'zlangan mahsulot yoki xizmatning minimal ishchi modelini ishlab chiqish va sinash hamda istiqboldagi investorlarga o'z loyihalarini taqdim qilish imkoniyatini yaratadigan bepul uch oylik izchil dastur hisoblanadi.









Yüklə 80,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin