1. Eski o‘zbek tili morfologiyasi haqida ma’lumot. Eski o‘zbek tilida ot so‘z turkumi. O‘zlashgan qatlam. Asosiy tushunchalar



Yüklə 83,5 Kb.
səhifə3/8
tarix06.04.2023
ölçüsü83,5 Kb.
#124889
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Eski o‘zbek tili morfologiyasi haqida ma’lumot. Eski o‘zbek t

Egalik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so‘zlar egalik affiksini olib, narsa-predmetning uch shaxsdan biriga tegishligi, qarashligini bildirgan. Egalikni ifodalashning eng sermahsul usuli morfologik usuldir. Egalik qo‘shimchalari quyidagi ko‘rinishga ega:
BIRLIK
I shaxs - m (-ïm, -im // -um,-üm): bašïm “boshim”, közüm “koʻzim”, bodunum “xalqim”, älim “elim”.
II shaxs - ŋ ( -ïŋ, -iŋ // -uŋ,-üŋ): bögdäŋ - xanjaring, bägiŋ “beging”, qanïŋ “xoning”.
III shaxs -ï,-i //-sï-si: biligi “ilmi”, süsi “qoʻshini”, yağïsï “dushmani”.
KO‘PLIK
I shaxs - mïz, -miz // -muz, -müz (-ïmiz, -imiz //-umuz,-ümüz): ünümüz“ovozimiz”.
II shaxs -ŋïz, -ŋiz // -ŋuz, -ŋüz ( -ïŋïz, -iŋiz // -uŋuz, -üŋüz: abamïz “otamiz”.
III shaxs -larï, -läri, sï, -si: qunčuylarï “xonimlari”, bägläri “beklari”.
Kelishik kategoriyasi. Kelishiklar turkiy tillarning asosiy qonuniyatlaridan biridir. Til tarixi davomida uning soni ba’zan oʻzgarib turgan. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi bosh kelishikdagi holatining o‘zgarishidir. Kelishiklar otlarning boshqa so‘zlar bilan bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Bu munosabat predmetning boshqa narsa-predmet, harakat, belgi bilan aloqasiniifodalaydi.So‘zlarning qattiq va yumshoq o‘zakli bo‘lishiga qarab, kelishiklarning har xil fonetik variantlari qo‘shiladi.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi 7 ta kelishik mavjud bo‘lgan:
1. Bosh kelishik. Qadimgi turkiy tilde hozirgi turkiy tillardagidek, bosh kelishik morfologik ko‘rsatkichi bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi.
Bosh kelishikda kelgan so‘zning gapdagi asosiy funksiyasi ega vazifasini bajarishdir. Masalan: Tabğach qağan yağïmïz erti “Xitoy xoqoni dushmanimiz edi” (To‘n.).
2. Qaratqich kelishigi quyidagi variantlarga ega: -nïŋ,-niŋ//-nuŋ,-nüŋ//-ïŋ, -iŋ//-uŋ -üŋ. Masalan: Bayïrqunuŋ, burxanlarnïŋ, täŋriniŋ, Külteginiŋ, uluğlarnïŋ, altunuŋ.
Bir affiksning turlicha ko‘rinishlarda ishlatilishi singarmonizm qonuniyati bilan bevosita bog‘liqdir. So‘z tarkibida lablangan unli bo‘lsa, -nuŋ, -nüŋ//üŋ, -uŋ, lablanmagan unli hisoblansa, -nïŋ, -niŋ, -ïŋ, -iŋ shakllar qo‘shiladi.

Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin