Xulosa asosi
|
Xulosa
|
Almashtirish turi
|
Hamma S-P
|
Hammma P-S
|
Sof almashtirish
|
Hech bir S-P emas
|
Hech bir P-S emas
|
Sof almashtirish
|
Ba’zi S-P
|
Ba’zi P-S emas
|
Sof almashtirish
|
Hamma S-P
|
Ba’zi P-S
|
Toraytirilgan almashtirish
|
Ba’zi S-P
|
Hamma P-S
|
Kengaytirilgan almashtirish
|
Yuqoridagi sxemani misollar bilan ko‘rib chiqamiz.
1. A Hamma tirik mavjudotlar sezish xususiyatiga ega.
A. Sezish xususiyatiga ega bo‘lganlarning hammasi tirik mavjudotdir.
2. E. Hech bir hasis sahiy emas.
E. Hech bir sahiy hasis emas.
3. I Ba’zi faylasuflar tabiatshunosdir.
I. Ba’zi tabiatshunoslar faylasuflardir.
4. A. Hamma vrachlar oliy ma’lumotlidir.
I. Ba’zi oliy ma’lumotlilar vrachlardir.
5. I. Ba’zi odamlar shoirdir.
Hamma shoirlar odamdir.
Juz’iy inkor mulohazadan (O) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bu mulohazaning predikati to‘liq hajmda olingan. Demak, u xulosada ham to‘liq hajmda olinishi kerak, ya’ni xulosa umumiy inkor mulohaza (E) bo‘lishi kerak. U holda xulosaning predikati ham to‘liq hajmda olinishi kerak bo‘ladi, bu esa mumkin emas, chunki u asosning sub’ektida to‘liq hajmda olinmagan. Masalan:
O. Ba’zi faylasuflar mantiqshunos emas.
E. Hech bir mantiqshunos faylasuf emas.
yoki
O. Ba’zi mantiqshunoslar faylasuf emas.
Har ikki holatda ham xulosa noto‘g‘ridir.
Demak, almashtirish usuli qo‘llanilganda mulohazadagi subekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlarning o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |