1. Fotoeffekt qonuniyatlari. Tashqi fotoeffekt. A. G. Stoletov tajribalari va qonunlari


A.G.Stoletov tajribalari va qonunlari



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə2/3
tarix19.11.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#133282
1   2   3
Tashqi fotoeffekt qonunlari

3. A.G.Stoletov tajribalari va qonunlari. O’tkazgan juda ko’p nozik tajribalari asosida Stoletov fotoeffektning quyidagi qonunlarini aniqladi.
1. To’yinish fototokning kuchi katodga tushayotgan yorug’lik oqimiga proporsional:
Ik = k ∙ Фе
ya’ni yorug’lik oqimi qancha katta bo’lsa fototok ham shuncha katta bo’ladi. Bu yerda k – katod materialining yorug’likni sezishini xarakterlovchi koeffisiyent.
2. Fotoelektronlarning kinetik energiyasi tushayotgan yorug’likning chastotasiga to’g’ri proporsional va yorug’lik oqimiga bog’liq emas.
3. Tushayotgan yorug’lik intersivligi qanday bo’lishidan qat’i nazar, fotoeffekt ma’lum chastotadan (to’lqin uzunligidan) boshlab ro’y bera boshlaydi va bu chastota katodning qanday materialdan yasalganiga bog’liq.
4. Eynshteyn tenglamasi. Yorug’likning to'lqin nazariyasi va fotoeffekt orasida yuqorida bayon qilingan mos kelmasliklar mavjud. Shuning uchun 1905-yilda A.Eynshteyn yorug’likni kvant nazariyasini taklif qildi. Eynshteyn Plank nazariyasini yorug’lika nisbatan qo'llab, yorug’lik kvantlar tariqasida nurlanibgina qolmay, balki yorug’lik energiyasining tarqalishi ham, yutilishi ham kvantlashgan bo'lishini ta'kidladi. Bunda yorug’lik fotonlar (yorug’lik zarralari) sifatida qaraladi. h energiyaga ega bo'lgan foton o'z energiyasini metalldagi elektronga beradi. Agar bu energiya yetarlicha katta bo'lsa, metalldan elektron ajralib chiqadi. Energiyaning qolgan qismi esa metalldan tashqariga chiqib olgan elektronning maksimal kinetik energiyasi sifatida namoyon bo'ladi. Buni
h = Аr + m2max/2
ko'rinishda ifodalash mumkin. Bu tenglama Eynshteyn tenglamasi deb ataladi. Eynshteyn tenlamasi fotoeffektning barcha qonunlarini tushuntira oladi. Xususan qizil chegara uchun h = Аr.
Fotoeffekt hodisasi va uning qo’llanishi
Yorug‘likning moddaga ko‘rsatadigan ta‘siri bilinadigan turli hodisalar orasida fotoeffekt, ya‘ni yorug‘lik ta‘sirida moddaning elektronlar chiqarishi muhim o‘rin egallaydi.bu hodisani tahlil qilish yorug‘lik kvantlari haqidagi tasavvvurni yaratdi va hozirgi zamondagi nazariy tasavvurlarni rivojlanishida
muhim rol o‘ynadi. Fotoeffekt hodisasini nemis fizigi Gers kashf qildi. Bu hodisaning mohiyati quyidagidan iborat: elektrometrga rux plastinkani o‘rnatib,uni manfiy zaryad bilan zaryadlaymiz. Plastinkani tarkibida ultrabinafsha nurlar bo‘lgan kuchli yorug‘lik manbai, masalan, elektr yoyi bilan yoritamiz, bunda plastinka o‘z zaryadini tez yo‘qotganini, ya‘ni elektrometr strelkasini pasayganini ko‘ramiz. Nurlar yo‘liga
ultrbinafsha nurlarni o‘tkazmaydigan qalin shisha plastinkani qo‘yib, tajribani takrorlaymiz, bunda plastinka zaryadini yo‘qotmaydi. Rux plastinkani musbat zaryad bilan ma‘um potensialgacha zaryadlaymiz va elektr yoyi bilan yoritamiz, bu holda esa plastinka zaryadini yo‘qotmaganini, strelka holatining o‘zgarmaganligini ko‘ramiz. Bundan yorug‘lik manfiy zaryadlangan metalldan zarralarni urib chiqarishi kelib chiqadi. Ularning zaryadini 1898-yilda J.J.Tomson aniqlagan va bu zarralarelektronlardan iborat ekanligini ko‘rsatgan. Fotoeffekt turlari:



  1. Tashqi fotoeffekt;

  2. Ichki fotoeffekt;


Tashqi fotoeffekt metallarni aniq bir chastotali yorug‘lik bilan nurlantirilganda elektronlar chiqishi bilan bog‘liq. Agar elektronlar faqat ―o‘z ― atomlari va molekulalari bilan bog‘lanishni yo‘qotsa-yu, lekin yoritilayotgan moddaning ichida ― erkin elektron ―lar sifatida qolsa va shu bilan barcha moddalarning elektr o‘tkazuvchanligini oshira borsa, u vaqtda bunday fotoeffekt ichki fotoeffekt deb ataladi. Ichki fotoeffektni 1873-yilda amerikalik fizik U.Smitt kashf qilgan va yarimo‘tkazgichlarda, ba‘zan dielektriklarda kuzatgan. Tashqi foto- effektni 1887-yilda Gers kashf qilgan va 1888-yilda A.G.Stoletov tomonidan mufassal tekshirilgan. Stoletov qurilmasi rasmda ko‘rsatilgan:

Yorug‘lik kvars darcha orqali havosi so‘rib olingan balon ichiga o‘tib, 


Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin