1. gmo mahsulotlarining yaratilishi gmo mahsulotlarining afzalliklari



Yüklə 2,85 Mb.
səhifə2/3
tarix08.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129856
1   2   3
AZIZAXON

1996—2011-yillarda transgen soya, makkajo'xori, paxta va kanoladan foydalanish bo'yicha 2012-yilgi tadqiqotlar (shu jumladan urug ' ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning hisobotlari asosida) gerbitsidlarga chidamli ekinlarni yetishtirish arzonroq va ba'zi hollarda samaraliroq ekanligini ko'rsatdi. Insektitsidni o'z ichiga olgan ekinlar, ayniqsa, ilgari ishlatilgan pestitsidlar samarasiz bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda ko'proq hosil berdi

GMO yaratishning asosiy bosqichlari quyidagilar: Izolyatsiya qilingan genni olish. Organizmga o'tkazish uchun genni vektorga kiritish. Vektorni gen bilan o'zgartiriladigan organizmga o'tkazish. Tana hujayralarining konversiyasi. Genetik modifikatsiyalangan organizmlarni tanlash va muvaffaqiyatli o'zgartirilmaganlarini yo'q qilish

GMOning afzalliklari

  • GMOning afzalliklari
  • Ayni vaqtda xuddi mana shunday usulda hosil qilingan juda ko‘plab transgen o‘simlik va hayvon turlari mavjud. Ularning zararkunandalarga, qurg‘oqchilikka, turli salbiy tabiiy va antropogen omillarga chidamliligi tufayli yildan-yilga yo‘qotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori kamayib bormoqda. Jumladan, 2014-yilda o‘tkazilgan 147 ta metaanaliz tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra, butun dunyoda qishloq xo‘jaligi ekinlari orasidagi GMO hosildorligining zararkunandalar tufayli yo‘qotilishi oddiy o‘simliklarnikiga qaraganda 21,6 foizga past bo‘lgan, shu tufayli pestitsidlarga 36,9 foiz kam xarajat ketdi. Umumiy chiqim 39,2 foizga oz, kirim esa 68,2 foizga yuqori bo‘lgan.

Ayni vaqtdagi rasmiy statistikaga ko‘ra, Yer yuzida 415 mln. kishi qandli diabet kasalligi bilan og‘riydi. 2040-yilga borib, ularning soni 642 mln. nafarga yetishi aytiladi. Mana shu kasallarning ko‘pi kuniga insulin qabul qilishga majbur, aks holda ahvoli tezda yomonlashadi.

Xo‘sh, shuncha bemorga insulin qanday yetkazib beriladi deb o‘ylaysiz? Dastlab bu gormon buqa va cho‘chqa oshqozon osti bezidan ajratib olib tayyorlangan, lekin bu usulni sanoat miqyosida qo‘llab bo‘lmaydi. Hozirda aynan insulin gormonining geni maxsus bakteriyalar genomiga kiritilib GMO bakteriyalar hosil qilingan. Ular o‘z faoliyati natijasida insulin hosil qiladi.


Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin