tibbiyot oliy ta’lim muassasalari yuqori kurs talabalari mashg‘ulotlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan xususiy tibbiy muassasalarda o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalariga o‘quv ishlari prorektori va fakultet dekanlari tavsiyasiga asosan 4-kursdan boshlab davlat tibbiy muassasalarida o‘rta tibbiyot xodimi sifatida kechki navbatchilikda ishlashga ruxsat berish.
2021-yil yanvardan boshlab
–
Sog‘liqni saqla� vazirligi (A. Xadjibayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)
42.
Oliy ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash darajasini oshirish.