[
OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00
Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida
Respublikaning uy-joy qurilishi sohasiga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish va investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni ta’minlash hamda qurilishda ulush kiritish asosida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish maqsadida:
[
OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
1. Belgilansinki:
a) ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ulushdorlar)ning mablag‘larini jalb qilish faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan hamda Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — Elektron ro‘yxat)ga kiritilgan quruvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
b) Elektron ro‘yxat ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilar hisobini olib borish hamda ulushdorlar huquq va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish maqsadida yuritiladi;
v) Elektron ro‘yxatga kiritish uchun quruvchilar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasi va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
qurilish majmuasiga kiradigan ko‘p kvartirali uylar va boshqa qurilish obyektlari qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z moliyaviy resurslari yoki mazkur mablag‘larga yoxud uning yetishmayotgan qismiga kredit ajratish haqida bank kafolat xati mavjudligi;
qurilish majmuasi uchun loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi mavjudligi (“fast-track” usulida amalga oshiriladigan loyihalar bundan mustasno);
texnik va mualliflik nazorati hamda davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tegishli shartnomalar tuzilganligi;
ulushdorlar tomonidan kiritilgan mablag‘larni jalb qilish uchun tijorat bankida alohida hisobvaraq ochilganligi.
[
OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qo‘yilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
ulush kiritish asosida qurilish uchun mablag‘larni jalb qilish quruvchi va ulushdor o‘rtasida tuzilgan va belgilangan tartibda hisobga qo‘yilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ulush kiritish asosida qurilish haqidagi ma’lumotlarni
yuritish, shu jumladan quruvchilarni Elektron ro‘yxatga kiritish va shartnomalarni hisobga qo‘yish elektron shaklda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan elektron platforma orqali O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
ulushdorlarning mablag‘lari quruvchining har bir qurilish majmuasi bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘ida jamlanadi hamda faqat quruvchi va ulushdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadlari uchun yo‘naltiriladi;
quruvchilar qurilish-montaj ishlarini o‘z kuchi bilan yoki qurilish-pudrat tashkilotlarini (bosh pudratchini) jalb qilgan holda amalga oshirishi mumkin. Bunda bosh pudratchi quruvchi bilan tuzilgan bosh pudrat shartnomasiga asosan qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 30 foizini o‘z kuchi bilan bajarish sharti bilan subpudrat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin;
quruvchilar ulushdorlarning mablag‘lari sarflanishi hamda qurilish obyektidagi ishlar haqida doimiy ravishda o‘zlarining rasmiy veb-saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida axborot berib boradilar, shuningdek, qurilish obyektini onlayn rejimida kuzatish imkoniyatini ta’minlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron ro‘yxatga kiritilmagan qurilish majmualarini reklama qilish taqiqlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son)
3. Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, mazkur Nizom talablari u amalga kiritilguniga qadar 2020-yilda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan qurilish majmualariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining uning markaziy apparatida mazkur vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 2 ta shtat birligidan iborat Ulush kiritish asosida qurilish bozorini rivojlantirish bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘lovga qobiliyatsizlik masalalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqishda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda ulush kiritish asosida qurilishni amalga oshiruvchi quruvchilarni to‘lovga qobiliyatsiz deb topishning alohida tartibi nazarda tutilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ulush kiritish asosida qurilish haqidagi ma’lumotlarni yuritish, shu jumladan quruvchilarni Elektron ro‘yxatga kiritish va shartnomalarni hisobga qo‘yishda qo‘llaniladigan elektron platformaning Davlat xizmatlari agentligi axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlanishini;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurishda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ulushdor sifatida ishtirok etishi tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflar kiritilishini;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda ko‘p xonadonli uy-joylar qurilishi sifati yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatib, bu borada normativ-texnik hujjatlar va loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari aniqlangan taqdirda, mas’ul shaxslarga, shu jumladan buyurtmachi tashkilotning texnik nazorat, pudrat tashkilotining ichki nazorat va loyihachi tashkilotning mualliflik nazorati mutaxassislariga nisbatan choralar qo‘llasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-may,
PQ-4732-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qaroriga
ILOVA
Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning shu maqsadda jamlangan mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom shartnoma ishtirokchilarida daromad olish maqsadi ko‘zlangan investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahri Qurilish bosh boshqarmasi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
ulushdor — qurilish majmuasida bir yoki bir nechta qurilish obyektini mulk huquqi bilan olish maqsadida ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
ulush kiritish asosida qurilish — ko‘p kvartirali uylarni quruvchilar va ulushdorlarning mablag‘lari hisobidan qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish;
ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) — ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish bo‘yicha quruvchi va ulushdor o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq hisobga qo‘yilgan yozma shakldagi bitim;
ulush kiritish asosida qurilish ishtirokchilari — quruvchi, ulushdor, qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) va tijorat banki;
elektron platforma — ulush kiritish asosida qurilish haqidagi ma’lumotlarni yuritish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan va vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan elektron ma’lumotlar bazasi;
quruvchi (developer) — Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — Elektron ro‘yxat) kiritilgan, ko‘p kvartirali uylarni qurishga mo‘ljallangan yer uchastkasiga va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
qurilish majmuasi — quruvchi tomonidan bir loyiha doirasida qurilishga ajratilgan yer uchastkasida, bir manzilda qurilayotgan bir yoki bir nechta qurilish obyektlari yig‘indisi;
qurilish majmuasining qiymati — quruvchining qurilisholdi xarajatlari, jumladan ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkasini olish (auksion savdolari yoki xususiy mulkdorlarga kompensatsiya to‘lovini amalga oshirgan holda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslarda), ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qurish va foydalanishga topshirish bosqichlarini yakunlash uchun loyiha-smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan xarajatlar yig‘indisi;
qurilish obyekti — shartnomaga asosan ulushdorga
topshiriladigan kvartira, yengil avtotransport vositasi to‘xtash joyi va qurilish majmuasidagi boshqa obyektlar;
qurilish obyektining qiymati — shartnomada ko‘rsatilgan qurilish obyektining narxi;
qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) — quruvchi bilan bosh pudrat shartnomasini tuzgan va shaharsozlik faoliyati sohasida kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lgan yuridik shaxs.
Quruvchi qurilish-montaj ishlarini o‘z kuchi bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda, quruvchi mazkur Nizom bilan qurilish-pudrat tashkiloti va quruvchi uchun belgilangan talablarga javob berishi lozim (quruvchi mazkur talablarga javob beradigan qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan hollarda unga ushbu Nizom bilan qurilish-pudrat tashkiloti uchun belgilangan talablar qo‘yilmaydi).
4. Quruvchi mazkur Nizom talablariga muvofiq ulushdorlar bilan tuzilgan shartnomalar hisobga qo‘yilganidan so‘ng qurilish obyektini qurish uchun ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilishga haqli.
5. Qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) quruvchi bilan tuzilgan bosh pudrat shartnomasiga asosan qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 30 foizini o‘z kuchi bilan bajarish sharti bilan subpudrat tashkilotlarini jalb qilishga haqli.
6. Elektron ro‘yxatni yuritish, shu jumladan quruvchilarni Elektron ro‘yxatga kiritish hamda shartnomalarni hisobga qo‘yish ishlari vakolatli davlat organi tomonidan elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
7. Quruvchi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qurilish majmuasi, shartnoma shartlari, ulushlar kiritish tartibi va boshqa ma’lumotlar bilan tanishtirish maqsadida sotuv ofisi tashkil etiladi.
Sotuv ofisida qurilish majmuasining eskiz chizmalari va kichiklashtirilgan maketi, shartnoma tuzish uchun taklif etilayotgan qurilish obyektlari chizmalari, o‘rnatilayotgan texnik uskunalar va tashqi hududning holati bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
8. Quruvchi va ulushdorning o‘zaro kelishuviga ko‘ra quruvchining shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta qilinishi mumkin.
2-bob. Quruvchilarni Elektron ro‘yxatga kiritish tartibi
9. Quruvchi har bir qurilish majmuasi bo‘yicha Elektron ro‘yxatga alohida kiritilgan bo‘lishi shart.
10. Quruvchi Elektron ro‘yxatga kirish uchun vakolatli davlat organiga elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
quruvchi va qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) bilan tuzilgan bosh pudrat shartnomasi nusxasi (agar bosh pudratchi jalb qilinadigan bo‘lsa);
yer uchastkasi ajratish haqidagi va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar (loyihalashtirish topshirig‘i va arxitektura–rejalashtirish topshirig‘i) nusxalari;
loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi nusxasi (“fast-track” usulida amalga oshiriladigan loyihalar bundan mustasno);
qurilish majmuasi qurilishi bo‘yicha texnik va mualliflik nazoratini hamda qurilish-montaj ishlari jarayonida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tegishli hududiy nazorat tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari;
quruvchining soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma;
quruvchida qurilish majmuasi qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi o‘z moliyaviy resurslari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat yoki mazkur mablag‘larga yoxud uning yetishmayotgan qismiga kredit ajratish haqida bank kafolat xati. Bunda, qurilish majmuasiga sarflangan xarajatlar
summasi hisobga olinadi;
ulushdorlarning mablag‘larini jamlashga mo‘ljallangan tijorat bankida ochilgan alohida hisobvaraq haqidagi ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, elektron platforma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilinganidan so‘ng mazkur bandda ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar quruvchilardan talab etilmaydi.
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
11. Vakolatli davlat organi quruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarning ishonchliligini idoralararo axborot hamkorligi tartibida o‘rganish huquqiga ega.
12. Vakolatli davlat organi uch ish kuni mobaynida quruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, uni Elektron ro‘yxatga kiritadi.
13. Vakolatli davlat organi ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan ma’lumot va hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan yoki ular haqiqatga to‘g‘ri kelmagan hollardagina quruvchini Elektron ro‘yxatga kiritishni rad etadi.
Quruvchini Elektron ro‘yxatga kiritish rad etilgan hollarda, unga rad etish sabablari ko‘rsatilgan javob xati ikki ish kuni mobaynida yuboriladi. Elektron ro‘yxatga kiritishni rad etish sabablari bartaraf etilganidan so‘ng quruvchi takroran murojaat qilishga haqli. Bunda qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quruvchini Elektron ro‘yxatga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
15. Elektron ro‘yxat elektron platformada yuritiladi.
Elektron ro‘yxatda barcha uchun ochiq bo‘lgan quruvchining nomi, STIR, manzili, ta’sischilari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
16. Elektron ro‘yxatga kiritilmagan quruvchilar ulush kiritish asosida qurilishga ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilish huquqiga ega emas.
3-bob. Shartnomalarni hisobga qo‘yish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish tartibi
17. Quruvchi Elektron ro‘yxatga kiritilgandan so‘ng ulushdorlar bilan shartnomalarni tuzish huquqiga ega bo‘ladi.
18. Shartnomada quyidagilar aks ettirilgan bo‘lishi lozim:
qurilish majmuasi va qurilish obyekti haqidagi ma’lumotlar (manzili, joylashgan joyi, kvartira raqami va boshqalar);
qurilish obyekti maydoni va qiymati;
qurilish obyektini ulushdorga topshirish muddati va holati;
ulushdor tomonidan kiritiladigan summa miqdori;
o‘zaro hisob-kitoblar tartibi;
qurilish-montaj
ishlarining grafigi;
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
shartnoma bo‘yicha talablar huquqlarini o‘tkazish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddati (ikki yildan kam bo‘lmasligi lozim);
(18-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son)
nizolarni hal qilish tartibi va taraflar o‘rtasida kelishilgan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
19. Shartnomani hisobga qo‘yish uchun quruvchi vakolatli davlat organiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
imzolangan shartnoma;
ulushdor pasporti nusxasi, ulushdor yuridik shaxs bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
belgilangan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
20. Shartnomani hisobga qo‘yish uchun hujjatlar vakolatli davlat organiga elektron platforma orqali yuboriladi.
21. Vakolatli davlat organi shartnomani uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqib, hisobga qo‘yadi.
Shartnoma hisobga qo‘yilganligi haqida xabar quruvchining vakolatli xodimi va ulushdorning telefon raqamiga SMS-xabar orqali yuboriladi. Shartnomaning har bir sahifasiga yakka tartibdagi raqam va QR-kod berilib, shartnoma quruvchi va ulushdorga beriladi.
22. Taqdim etilgan shartnoma ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob bermagan va (yoki) ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, vakolatli davlat organi shartnomani hisobga qo‘yishni rad etadi. Shartnomani hisobga qo‘yishni rad etish sabablari bartaraf etilganidan so‘ng quruvchi takroran murojaat qilishga haqli. Bunda qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.
23. Shartnomani hisobga qo‘yish uchun quruvchidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
24. Shartnomaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar belgilangan tartibda hisobga qo‘yilishi kerak. Bunda qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.
25. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, quruvchi uch ish kuni ichida vakolatli davlat organini elektron platforma orqali xabardor qilishi shart.
26. Belgilangan tartibda hisobga qo‘yilgan shartnoma shartlari bo‘yicha ulushdor tomonidan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli shartnoma bir tomonlama bekor qilinganda, shartnomadagi qurilish obyekti bo‘yicha tuzilgan yangi shartnomani hisobga qo‘yish uchun yig‘im undirilmaydi.
27. Qurilish majmuasi belgilangan tartibda muammoli obyekt deb topilganda ushbu qurilish majmuasi bo‘yicha yangi shartnomalar hamda avval tuzilgan shartnomalarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga qo‘yish to‘xtatiladi.
28. Shartnomaga ulushdorni almashtirish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ulushdorning o‘z ulushini talab qilish huquqini boshqa shaxs foydasiga voz kechishini ko‘zda tutuvchi kelishuvni imzolash vaqtida ulushdor turmush o‘rtog‘ining notarial tarzda rasmiylashtirilgan roziligi taqdim etilishi shart.
Ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisobga qo‘yilmagan shartnomalar, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
4-bob. Vakolatli davlat organi tomonidan qurilish obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yuritish
29. Vakolatli davlat organi elektron platformada qurilish obyektlari to‘g‘risida barcha uchun ochiq bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni yuritadi:
qurilish obyekti joylashgan qurilish majmuasi to‘g‘risidagi ma’lumot (ko‘p kvartirali
uylar va kvartiralar soni, muhandislik, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, shuningdek, loyihaga oid yordamchi obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
har bir qurilish obyekti bo‘yicha tuzilgan shartnoma haqidagi ma’lumot (tartib raqami, tuzilgan sanasi, kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, uning bekor qilinganligi);
quruvchi va qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) haqidagi ma’lumotlar;
muammoli qurilish obyektlari va insofsiz quruvchilar haqidagi ma’lumotlar.
30. Vakolatli davlat organi ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanishi va barcha uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi.
5-bob. Ulushdorlarning mablag‘laridan foydalanish tartibi
31. Quruvchi ulushdorlarning mablag‘larini jamlash uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankida har bir qurilish majmuasi bo‘yicha alohida hisobvaraq ochadi.
32. Quruvchining alohida hisobvarag‘idagi mablag‘lardan faqat quruvchi va ulushdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadlari uchun foydalanilishi mumkin.
33. Norezident jismoniy shaxslarning xorijdagi hisobvaraqlaridan kelib tushgan chet el valyutasi ichki valyuta bozorida sotilgan holda quruvchining milliy valyutadagi alohida hisobvarag‘iga o‘tkazilishi yoki tuzilgan import shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida foydalanilishi mumkin.
34. Ulushdorlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun quruvchi rahbari va bosh hisobchisi shaxsan javobgar hisoblanadi.
35. Quruvchining alohida hisobvarag‘idagi mablag‘larni quyidagi maqsadlarga yo‘naltirish taqiqlanadi:
qurilish majmuasida boshlang‘ich qurilish ishlarini amalga oshirishga jalb qilingan mablag‘lardan tashqari boshqa qarzlarni qoplash;
qarz (moliyaviy yordam) ajratish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondini shakllantirish, aksiyalar, ulushlar va obligatsiyalar sotib olish;
qurilish majmuasiga tegishli bo‘lmagan tovar (ish va xizmat)larni sotib olish;
qurilish majmuasi foydalanishga to‘liq topshirilgunga qadar ta’sischilarga (aksiyadorlarga) dividend to‘lash.
36. Qurilish obyekti foydalanishga to‘liq topshirilgandan so‘ng, ulushdorlarning mablag‘lari quruvchining asosiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quruvchi tomonidan mustaqil tasarruf etiladi.
6-bob. Qurilish obyektlarini
qurish ustidan nazorat
37. Qurilish obyektlarini qurish ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
38. Ulushdor:
qurilish obyektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishishga;
shartnoma shartlari bajarilishi bo‘yicha quruvchidan yozma shaklda ma’lumot talab qilishga;
qurilish obyektlarini qurish ustidan texnik, shuningdek, mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarni yoki mutaxassislarni jalb qilish orqali amalga oshirishga haqli.
39. Qurilish sohasida nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi qurilish obyektlarida shartnoma bilan tasdiqlangan qurilish-montaj ishlarining grafigiga rioya qilinishi ustidan monitoring olib boradi.
40. Quruvchi ulushdorlarning mablag‘lari sarflanishi hamda qurilish obyektidagi ishlar haqida doimiy ravishda o‘zlarining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida axborot berib boradi, shuningdek, qurilish obyektini onlayn rejimda kuzatish imkoniyatini ta’minlaydi.
41. Quyidagi holatlarda qurilish majmuasi vakolatli davlat organi tomonidan muammoli obyektlar toifasiga kiritiladi:
qurilish va shaharsozlik norma va qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi;
qurilish obyektlarini foydalanishga topshirish muddati asossiz ravishda olti oydan ortiq muddatga kechikishi;
quruvchi tomonidan ulushdorlarga qurilish obyektlarini topshirish majburiyati buzilishi yoki uni bankrot deb topilishi.
42. Muammoli obyekt bo‘yicha materiallar vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
7-bob. Qurilish obyektini foydalanishga topshirish tartibi
43. Qurilish obyekti shartnomada belgilangan qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga topshiriladi.
44. Qurilish obyekti ulushdorga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshiriladi.
45. Qurilish obyektiga nisbatan ulushdorning mulk huquqi shartnoma, quruvchi va ulushdor o‘rtasida imzolangan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi hamda qurilish obyektini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
46. Ulushdorning mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
47. Shartnomalardan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
48. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2020-y., 07/20/4732/0681-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)