1. Ilmiy jurnallar oak ro’yxatidagi jurnallar 3


OAK ro’yxatidagi jurnallar



Yüklə 21,5 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü21,5 Kb.
#139908
1   2
14 Ilmiy jurnallar OAK ro’yhatidagi jurnallar Xalqaro jurnallar

2. OAK ro’yxatidagi jurnallar
Elektron hukumatning yuzaga kelishi natijasida fuqarolarga xizmat va axborotlar ular istagan joyda va vaqtda insonlarga qulay shaklda taqdim etiladi. Muvafaqqiyatli amalga oshirilgan davlat xizmatlari ochiq, hammabop, oddiy foydalanuvchiga qulay, integrallashgan hamda davlat va xususiy sektorlarning hamkorligi tamoyiliga asoslangan bo‘ladi, ular nafaqat Internet tarmog‘iga ulangan insonlarni, balki shu kungacha tarmoqqa kirmagan va u bilan tanish bo‘lmaganlarni ham jalb qila oladi. Aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘llarini yuqori darajada oshirish davlat manfaatlari maqsadlari qatoriga kiradi va bugungi kunda paydo bo‘layotgan elektron hukumatning yaratilishi jamiyat va hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlarning tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.
Oxirgi vaqtlarda elektron hukumat atamasi odatiy hayotda ko‘plab qo‘llanilmoqda. Biroq hozircha ko‘pchilik ushbu atamaning to‘liq ma’nosini bilishmaydi. E – government konsepsiyasi o‘zbek tiliga tarjima qilinganda “elektron hukumat” ma’nosini beradi. Atama davlat tuzilmasiga davlat apparatining faoliyati samaradorligini oshirish va ochiqligini ko‘rsatish maqsadida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini kiritish g‘oyasi kabi G‘arbda paydo bo‘lgan. Bu konsepsiya g‘oyasi xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan hukumat ma’nosida, ya’ni, o‘z fuqarolariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot g‘oyasi bilan ajralmas bo‘lgan.
Bu vazifalarni echish uchun butun dunyoda mos maqsadli dasturiy vositalar yaratila boshlandi: E-Europe, E-Austria, Indonesia National E-Strategy. Elektron hukumat davlat xizmatlari va fuqarolar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish va o‘zaro munosabatni yaxshilash uchun birinchi navbatda Internet tarmog‘idan va yangi texnologiyalardan samarali foydalanishni ko‘zda tutadi.


  1. Xalqaro jurnallar

Agar siz ilm dunyosiga kirgan bo‘lsangiz, kunda-kunora qulog‘ingizga “impakt faktor” (bu jumlani o‘zbekchaga tarjima qilish kerak emas, deyarli ko‘p davlatlar aynan shu holatda, ilmiy atama sifatida o‘zlashtirmoqda) degan jumla chalinib turadi. Bugun mana shu narsani imkon qadar soddaroq qilib tushuntirib bermoqchiman.
Impakt faktor – bu ilmiy jurnalda chop etilgan maqolalarga berilgan iqtiboslarning raqamda ifodalangan ko‘rsatkichidir.
lmiy jurnal degani tushunarli, unda maqola chop etish degani ham tushunarli, “iqtibos” (citation) nima degani unda?
Jonli misol bilan tushuntiraman. Men 2020-yilning fevral oyida “Journal of Applied Ichthyology” degan jurnalda O‘zbekistonning Zarafshon daryosida qora dog‘li qumbaliq (Gobio nigrescens) degan baliqning uchrashi to‘g‘risida maqola chop etdim. Bundan avval bu daryoda ushbu baliqning uchrashi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan. Demak men bu ma’lumotni ilk marotaba qayd etdim. Endi deylik 2020-yilning sentabr oyida eronlik bir ixtiolog-tadqiqotchi Gobio urug‘iga mansub baliqlar haqida maqola yozayotganda, meni maqolamni ko‘radi-da, o‘z maqolasida mening ma’lumotlarimdan foydalanadi. Masalan u o‘z maqolasida: “Qora dog‘li qumbaliq Afg‘oniston va Eron hududidan oqib o‘tuvchi Hari daryosida (Coad, 2019) va O‘zbekiston hududidagi Zarafshon daryosida (Sheraliev et al., 2020) uchraydi” deb yozadi.
Aynan mana shu gapida u B.Coad (kanadalik ixtiolog, Eron baliqlari bo‘yicha mutaxassis) va mening maqolalarimdan iqtibos keltirib o‘tgan bo‘ladi. Men ham odatda o‘z maqolalarimda boshqa mualliflarning ishlaridan iqtibos keltiraman. Masalan bir maqolamda quyidagicha yozganman: “Triplophysa urug‘iga mansub baliqlarning ayni vaqtda 160 dan ortiq turi mavjud (Fricke et al., 2021).” Bu baliqlarning nechta ekanligini men sanab chiqmaganman, shu bois bu ma’lumotni ishlatayotganda uning muallifi (bu yerda Ronald Fricke) ishidan iqtibos keltiraman. Aks holda bu plagiat, ya’ni ko‘chirmachilik bo‘lib qoladi.

Xulosa
Misli ko‘rilmagan axborotlar davrida yashayapmiz. Axborot miqdori, ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra har 10 yilda, boshqalarga ko‘ra har 5−7 yilda ikki baravarga ortib bormoqda. Ilmiy jurnallar soni shunchalik ko‘paymoqdaki, hatto ularni sanash ham ma’lum bir metodologiyani talab qiladi va murakkab ilmiy muammoga aylanmoqda.
Hozirgi vaqtda o‘n minglab ilmiy jurnallar mavjud (internetda 100 ming raqamni uchratishingiz mumkin). 2018 yilda dunyo bo‘yicha 1,6 mlndan ziyod ilmiy maqola Web of Science ilmiy ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi. Ushbu ko‘rsatkich fan tarixidagi rekord natija bo‘ldi. Va bu tendensiya davom etmoqda.
Ilmiy jurnalda maqola chop etishdan maqsad nima? Eng avvalo, ular ilmiy jamoatchilikning mulkiga aylansin, fanning u yoki bu sohasi rivojiga xizmat qilsin. Shu munosabat bilan u yoki bu jurnaldagi maqolalarning roli va ahamiyati bir tomonlama bo‘lmaydi.
Maqolalarni Scopus va Web of Sciences jurnallarida chop etish talabiga alohida munosabat bildirishni istar edim. Xo‘sh, nima uchun aynan jurnallar? Monografiyalar, broshyuralar, maqolalar to‘plamlari, konferensiya hisobotlari-chi? Axir ular nafaqat Scopus va Web of Sciences, balki boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalarida ham e’lon qilinadi. Jumladan, SCOPUS ma’lumotlar bazasida jurnallardan tashqari, 166 mingdan ziyod kitob (har yili 20 mingtadan qo‘shilib boradi) va 560 kitob seriyalari hamda 8,3 mln konferensiya hisobotlari joy olgan.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. www.gazeta.uz
2. www.kompy.info
3. www.gostehstroy.ru
Yüklə 21,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin