26. Gaplarning qay birida uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) Tilingni asra, boshing ketmasin. B) Sening Toshkentda o‘qishing kerak. C) Bu dunyoning ishlari qiziq: goh quvonasan, goh xafa bo‘lasan. D) Til – madaniyatimiz ko‘zgusi.
27. Quyidagi sinonimik qatorlardan oddiy so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarni toping. 1) yolg‘onchi, kazzob, aldamchi; 2) to‘zim, bardosh, matonat, chidam; 3) tanovul qilmoq, oshamoq, yemoq;
4) achchiq, jahl, qahr.
A) aldamchi, to‘zim, oshamoq, achchiq B) kazzob, to‘zim, oshamoq, achchiq C) yolg‘onchi, bardosh, yemoq, jahl D) yolg‘onchi, chidam, oshamoq, achchiq
28. Qisqalik, aniqlik, soddalik, shuningdek, ibora va jumlalarning bir qolipda bo‘lishi asosan qaysi uslubga xos?
A) so‘zlashuv uslubiga B) ilmiy uslubga C) ommabop uslubga D) badiiy uslubga
29. “O‘rtoq rafiqam! Ruxsat bersangiz turmush qurganimizga bir yil to‘lishi munosabati bilan sizni tabrik qilishga!”Ushbu gap qaysi uslubga misol bo‘la oladi?