30. Keltirilgan matnning uslubini toping. Oyijon, oyijon, boshginam og‘riydi-yo. (Qo‘shiqdan)
A) so‘zlashuv B) rasmiy-idoraviy C) ilmiy D) publitsistik
31-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Badiiy uslubga xos gapni aniqlang.
A) Sen menga: “Ovqating undog‘, ovqating mundog‘” - degan gapni qilaverma. B) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor.
C) Ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin. D) Butun osmonni bulutlarning og‘ir, qalin, qoramtir namati qoplagan.
2. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri faqat badiiy uslubga xos?
A) kabi B) yanglig‘ C) misoli D) singari
3. Obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’rif-lash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko‘radigan uslubdir. Ushbu ta’rif qaysi uslubga mos keladi?
A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy-idoraviy D) publitsistik
4. Yozma nutqda quyidagi birliklarning (juftliklarning) qaysi birini o‘zaro almashtirib qo‘llasak, uslubiy xatoga yo‘l qo‘yiladi?
A) sinonimlarni B) paronimlarni C) omonimlarni D) A, B
Dostları ilə paylaş: |