4. Qaysi qatorlarda ijobiy bo`yoqdor so‘zlar berilgan?
A) mazali, husn, qonmoq, ko‘karmoq B) ayb, ayyor, kambag‘al, o‘jar C) jamol, alomat, miriqmoq, bejirim D) A,C
5. Qaysi qatordagi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor?
A) Pirnafas aka qumda bod kasalini tamoman yo‘qotayozgan edi. B) Xotin-qizlar paxta oralaridagi yot o‘tlarni terayotgan edi.
C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. D) U ko‘cha tomonga qaragan edi, dutor, tanbur, g‘ijjak, nay, doira ko‘tarib kelayotgan kishilarga ko‘zi tushdi.
6. Odatda rasmiy uslubda qanday gaplardan foydalanilmaydi?
A) so‘roq va buyruq gaplardan B) his-hayajon gaplardan
C) buyruq gaplardan D) darak gaplardan
7. So‘zlashuv uslubiga xos lug‘aviy birliklar berilgan qatorni toping.
A) binoyiday, negaki B) naynov, nechun C) tok o‘tkazgich, tuzuk D) ila(bilan), jinday
8. Ijtimoiy-siyosiy so‘zlar qatlami qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar hisoblanadi?
A) ommabop uslub B) ilmiy uslub C) rasmiy uslub D) badiiy uslub
9. Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Paxtani viltga chidamli xillarini yaratish ustida tajriba olib borayotgan olimlarni ko‘rdik. B) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. C) Ongni eskirgan, g‘arazli maqsadlardan tozalash zarur. D) Otdan tushib, jilovini Ortiqqa berdi-yu, o‘zi direktorni molxonalar tomonga boshlab ketdi.
Dostları ilə paylaş: |