1-ma’ruza mashg’uloti. Maktabgacha ta’lim tizimi – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida
Reja:
1. Maktabgacha ta’lim sohaning dolzarb vazifasi.
2. “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati.
3. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati.
TAYANCH SO’ZLAR: Maktabgacha ta’lim tizimi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, PQ-2707, Harakatlar strategiyasi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Nodavlat ta’lim xizmatlari
Maktabgacha ta’lim sohaning dolzarb vazifasi.
Bugungi kunda yurtimizda maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnik holatini yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda. Shu o‘rinda aytish joizki, Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil yakuniy ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, ularda 689 ming nafardan ortiq bolalar tarbiyalanmoqda. Shundan 194 tasi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘lib, ularda 5715 nafar bolalar tarbiyalanoqda.
Shu bilan bir qatorda, bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Respublikada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichi 27 foizni tashkil etadi. Qamrov ko‘rsatkichi, asosan, viloyat va shahar markazlardagi maktabgacha ta’lim muassasalari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. 2016 yil ko‘ra respublikada jami bog‘cha yoshidagi (2-7 yosh) bolalar soni 2,5 mln.dan ortiq bo‘lib, 689 ming nafarini (shulardan 40 foizi qishloq, 60 foizi shahar) maktabgacha ta’lim muassasalari qamrab olgan. Qariyb 73 foiz bolalar yesa maktabgacha ta’lim tizimidan chetda qolmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini yaxshi o‘zlashtirishi, maktabga moslashuvning yengil o‘tishi, bola shaxsida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf etishni amalga oshirishda bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb etilganligi, ta’limga qamralganligi alohida ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |