1– ma`ruza mavzu: Kirish. «Yo’nalishga kirish» fanining maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 21,71 Kb.
səhifə2/2
tarix09.05.2022
ölçüsü21,71 Kb.
#115690
1   2
1-maruza

Yo`nalishga kirish fanining vazifasi:
- talabalarda o’z mutaxassisliklariga oid tushunchalarni shakllantirish;

- mutaxassislik fanlarining o’zaro bog’liqligini o’rganish va tahlil qilish;

- ishlab chiqarish va ekspluatatsiya jarayonlarini o’rganish.
Аzaldan Xorazm diyori dunyo ilmiga katta ulush qoʼshgan olimu - fuzalolar vatani xisoblanadi. Urganch Davlat universiteti esa ota - bobolarimizning bu merosini va dunyo ilmini barkamol avlodga bevosita yetkazib kelayotgan ilmiy-pedagogik maskanidir. Bunda Urganch Davlat universitetining Vatanimiz xalq xoʼjaligiga davr talabidagi muxandis-mutaxassislar tayyorlashda 1992-1993 oʼquv yilidan faoliyat koʼrsatib kelayotgan Texnika fakultetining ham munosib hissasi bor. Urganch Davlat universitetining xozirgi Texnika fakulteti 1992-1993 oʼquv yilidan faoliyat koʼrsatib kelayotgan UrDu qoshida Injener-texnika fakulteti tashkil qilingan. Dastlab fakultetda ikkita kafedra tashkil kilingan:

- “Chizma geometriya va umummuxandislik fanlari”.

- “Umumiy fizika va radioelektrotexnika” kafedrasi.

1993 yil noyabr oyida “Chizma geometriya va umummuxandislik fanlari” kafedrasi bazasida “Mashinosozlik“ kafedrasi tashkil kilindi.

1994 yil iyun oyida UrDu injener-texnika fakulteti va 1991yildan faoliyat olib borgan Toshkent arxitektura-qurilish institutining Urganch fakulteti bazasida Muxandis - texnika markazi tashkil kilindi.

1996 yildan Injener texnika fakulteti t.f.n.dots. Baxodir Аtabekovich Sabirov raxbarligida qaytadan tashkil qilindi va uni tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat olib bordi :

- Аrxitektura va qurilish sohasida mutaxassislar tayyorlovchi “Loyihalash asoslari” kafedrasi;

- Mashinasozlik sohasida mutaxassislar tayyorlovchi “Mashinasozlik” kafedrasi;

- “Umumiy fizika va radioelektrotexnika” kafedrasi faoliyat koʼrsatgan va quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha mutaxassislar tayyorlangan:

• Аrxitektura;

• Suv taʼminoti va kanalizatsiya;

Sanoat va fukaro qurilishi;

• Gidrotexnika inshootlari qurilishi;

• Qurilish konstruktsiyalari ishlab chiqarish;

• Ozik - ovkat sanoati mashina apparatlari;

• Sovutish mashinalari va kurilmalari;

• Аvtomobil va avtomobil xoʼjaligi boʼyicha kadrlar tayyorlashda faoliyat olib borilgan.

2011-2012 oʼquv yilidan Universitet fakultetlarini umumlashtirish natijasida fakultet tarkibiga “Kimyoviy texnologiyalar” yoʼnalishi jipslashtirilib Kimyo-texnika fakulteti tashkil qilinib,unda quyidagi:

- Аrxitektura;

- Qishloq hududlarini arxitekturaviy loyihalashni tashkil etish;

- Shaxar qurilishi va xoʼjaligi

- Yer usti transport tizimlari;

- Аvtomobilsozlik va traktorsozlik.

- Kimyoviy texnologiyalar;

- Qishloq xoʼjalik mahsulotlarini qayta ishlash va tayyorlash;

- Oziq – ovqat texnologiyasi yoʼnalishlar boʼyicha bakalavrlar tayyorlana boshlandi.

2015-2016 oʼquv yilidan hozirgacha fakultet “Texnika” nomi bilan faoliyat olib bormoqda. 2017 yil mart oyidan fakultet tarkibida “Qurilish va arxitektura”,“Transport tizimlari” va “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedralari faoliyat koʼrsata boshlagan.

Viloyatimizda kapital qurilish hajmining keskin ortishi va xududda rekonstruktsiya hamda kapital taʼmirlanayotgan ishlar koʼlamining keskin ortishi qurilish va arxitektura soxasi mutaxassislarga hamda xududda avtomobilь ishlab chiqarish va sanoat korxonalari soni ortishi munosabati bilan muxandislarga boʼlgan ehtiyojni qondirish maqsadida bugungi kunda fakulьtetda 7 ta:

-5310500-Аvtomobilsozlik va traktorsozlik;

-5310600-Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi;

-60712400 - «Avtomobilsozlik va traktorsozlik»

- 60712500- «Transport vositalari muhandisligi»


-5340100-Аrxitektura;

-5341000-Qishloq xududlarini arxitektura-loyixaviy tashkil etish;

-5340300-Shaxar qurilishi va xoʼjaligi;

-5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarni ishlab chiqarish;

-5340200-Bino va inshootlar qurilishi;

-5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar (mashinasozlik) yoʼnalishlari boʼyicha bakalavarlar tayyorlanmoqda.

Xozirda fakultetda 100ga yaqin malakali professor - oʼqituvchilar talabalarga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda taʼlim berib kelmokdalar. Fakultetda 2 nafar Oʼzbekiston Badiiy Аkademiya haqiqiy aʼzolari–akademiklar, 1nafar “Oʼzbekiston respublikasi sanʼat arbobi”, 3 nafar fan doktorlari, 17 nafar fan nomzodlari-dotsentlar, 10 nafar katta oʼqituvchilar va 70 nafardan ortiq oʼqituvchilar taʼlim jarayonini olib bormoqdalar.

Fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-oʼkituvchilar tomonidan ilmiy makolalar chet el ilmiy jurnallarida va respublika jurnallarida muntazam nashr qilinib kelinmokda.

Fakultet kafedralarida xorijiy va Respublika miqyosidagi ilmiy grantlarini bajarish ishlari doimiy tarzda olib borilmokda.

Bugungi kunda fakultetda yetishib chiqqan mutaxassislar Respublikamiz xalq xoʼjaligining turli sohalarida, Turkmaniston, Rossiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda, Respublikamizning koʼpgina viloyatlarida qurilish va loyihalash, avtomobil ishlab chiqarish hamda sanoat ishlab chiqarish javhalarida faoliyat qoʼrsatib Vatanimiz rivojiga munosib hissalarini qoʼshmoqdalar.

O’qitish mazmuni o’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim vazirligi tomonidan qo’yilgan talabalarga muvofiq davlat standartlari asosida tuzilgan o’quv rejalari va dasturlar bilan belgilanadi.

Universitetda o’qitish O’zbekiston Respublikasining davlat tilida va rus tilida olib boriladi. Bunda tayyorlanadigan mutaxassislar sohasining o’ziga xosligi, xalq xo’jaligi talablari va universitetning mutaxassislar tayyorlash sifatini ta’minlay olish imkoniyatlari mutaxassislar malakasini oshirish hisobga olinadi. Ularni qayta tayyorlash davlat va rus tillarida olib boriladi.

Universitet tomonidan o’quv jarayonining tashkil etish kadrlarni sifatli, yuqori malakali tayyorlashni ta’minlash sog’lom va bexatar o’quv mehnat va maishiy sharoitda amalga oshiriladi.

Universitet talabalarni o’quv vositalari, adabiyot, auditoriya, ko’rgazmali qurol va imkoniyat darajasida texnikaviy vositalar bilan ta’minlaydi.

Universitet xududidagi oshxona, shifokorlik punkti va shunga o’xshash jamoaga xizmat qiluvchi tashkilotlarga binolar texnika ishlashi uchun berilishi mumkin.

Talabalarni o’quv mashg’ulotlari va o’quv jarayoni bilan bogliq bo’lmagan ishlarga jalb etish mumkin emas, bunda o’zbekiston Respublikasi hukumatini qarorlarida ko’rilgan hollar istisnodir.

Universitetda o’quv jarayonlari ko’p bosqichli o’qitish tizimi asosida olib boriladi.

Oliy ta`lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta`minlaydi.

Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta`lim muassasalarida) o’rta maxsus, kasb–hunar ta`limi asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma`lumot to’g’risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.

Bakalavriat oliy ta`lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta`limdir.

Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta`limdir.

Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta`minlashga qaratilgandir.

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim oliy o’quv yurtlari va ilmiy–tadqiqot muassasalarida (aspirantura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.

Ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.



O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma`naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta`minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmokda.
Yüklə 21,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin