Fe’llarning lug‘aviy (leksik) jihatdan ma’no guruhlari
Fe’llar lug‘aviy (leksik) jihatdan quyidagi ma’no guruhlariga bo‘linadi
1. Yurish-harakat fe’llari: yurmoq, yugurmoq, chiqmoq, bormoq, qimirlamoq, yelmoq, sudralmoq, sakramoq, uchmoq, o‘tmoq va h.
2. Nutq fe’llari: gapirmoq, pichirlamoq, demoq, so‘zlamoq, so‘ramoq, yalinmoq, o‘tinmoq, yo‘lvormoq, vaysamoq, surishtirmoq, baqirmoq.
3. Tafakkur fe’llari:o‘ylamoq, fikrlamoq, hayol qilmoq, tasavvur qilmoq, hukm chiqarmoq, o‘yga botmoq, ko‘z oldiga keltirmoq, gavdalantirmoq.
4. Natijali faoliyat fe’llari: chizmoq, yozmoq, yasamoq, qurmoq, yaratmoq, bino qilmoq, asos solmoq, bo‘yamoq, tozalamoq, yiqmoq.
5. Holat fe’llari: uxlamoq, kulmoq, yig‘lamoq, tirjaymoq, dam olmoq, shoshmoq, qizarmoq, semirmoq, ranjimoq, xursand bo‘lmoq.
Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar
B o‘l i sh l i fe’llar bajarilgan, bajarilayotgan va bajariladigan harakatni ifodaslaydi: yozdi, yozyapti, yozmoqchi.
B o‘ l i sh s i z fe’llar bajarilmagan, bajarilmayotgan, bajarilmaydigan harakatni bildiradi: yozmadi, yozmayapti, yozmoqchi emas. Bo‘lishsiz fe’llar fe’l negiziga -ma qo‘shimchasini qo‘shish, fe’llardan keyin emas, yo‘q so‘zlari keltirish, fe’llardan oldin na so‘zini keltirish yoki ohang yordamida hosil qilinadi: Yozgani yo‘q. Na yozdi, na o‘qidi. Boradi, boradi-ya! (bormaydi).
O‘timli va o‘timsiz fe’llar
O‘timli fe’llar tushum kelishigidagi so‘zlarga bog‘lana oladigan fe’llardir: o‘qidi (kitobni), yozdi (xatni).
O‘timsiz fe’llar esa tushum kelishigidagi so‘zlarga bog‘lana olmaydigan fe’llardir: yugurdi, bordi, turdi, o‘tirdi.
Blits -o‘yini
№
|
Savollar
|
Yakka
javob
|
To‘g‘ri javob
|
|
Dostları ilə paylaş: |