Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar: 1.O‘quv faoliyati va uning elementlari nimalardan iborat?
2.Ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish nimaga bog‘liq?
3.O‘qish motivlari va motivatsiyaga izoh bering.
4.O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalariga nimalar kiradi?
O‘quv jamoasining o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati.
Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni.
O‘qituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon bo‘lishi.
SHaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalash muammosi.
Mavzuning o‘quv maqsadi: Ta’limiy: Talabalarga tarbiya tushunchasining mohiyatini, uning shaxs kamolotidagi o‘rnini, tarbiya usullari va vositalari haqidagi ma’lumotlarni, jamiyat holati va kelgusi rivojlanishga tarbiya maqsadining bog‘liqligini tushuntirish va anglatishdan iborat.
Tarbiyaviy:Milliy an’analar, urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarga asoslangan axloq normalarini yaratish va ularni bolalarimiz, Yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish, talabalarda o‘qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Talabalarda tarbiya usullarini egallash va undan oqilona foydalana olish malakalarini shakllantirish, tarbiya jarayonining samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish.
15.1.Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabiga munosib bo‘lgan Yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha dolzarb ahamiyatga molik bo‘lib kelgan.
Тарбия - бу шахснинг ижтимоий, маънавий ва ишлаб чиқариш фаолиятига тайёрлаш мақсадида унинг маънавий, жисмоний камолотига мунтазам равишда таъсир кўрсатиш жараёнидир.
Tarbiya tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy hislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.
Tarbiya – bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishni o‘rganishi hamda insonning hayotiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishidir. Ta’lim jarayonining markazida shaxsning bilish va anglash jarayoni, uning qobiliyati, ilm o‘rganishi yotsa, undan farqli o‘laroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga, uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tarbiya - bu alohida jarayon emas, balki o‘qitishning bir tomoni bo‘lib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko‘nikma olish mexanizmining o‘ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbiya jarayonida shaxsning sifat va xossasi, ijtimoiy xulq-atvori va shakllari nazarda tutilsa, o‘qitishda bilim, ko‘nikma va malakalar inobatga olinadi.
Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan tashqari falsafa, sotsiologiya va pedagogika fanlari shug‘ullanadi. Holbuki, psixologiya fanisiz tarbiyaning asosiy muammolari hal qilinib bo‘lmagan holda to‘g‘ri qo‘yilishi ham mumkin emas, chunki ularni anglash negizida shaxs psixologiyasi, insoniy munosabatlar, har xil ijtimoiy jamoalar psixologiyasini bilish yotadi. Barcha uchun umumiy bo‘lgan yoki o‘quvchilarga individual tavsiyalar berishda umumiy psixologiya va Yosh davrlar psixologiyasiga tayaniladi.
Tarbiya uning maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi.