Rivojlanishning senzitiv davri – bir Yosh davrida psixikaing muayyan tomonlari samarali rivojlanishi uchun optiml imkoniyatlar davri.
Rivojlanishning omillari – bolaning psixikasi va xulq-atvori rivojlanishini belgilovchi omillar tizimi
Rivojlanish sharoitlari – shaxsning shakllanishi bog‘liq bo‘lgan omillar. Rivojlanish sharoitlariga inson atrofidagi kishilar, ular orasidagi shaxslararo munosabat, moddiy va madaniy madaniyat predmetlari va boshqalar kiradi.
Rivojlanishning harakatlantiriruvchi kuchlari – insonda yuzaga keluvchi yangi ehtiyojlar bilan uni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyat.
Ruhiyat madaniyati - talabalarning ma’naviy ehtiyojlariga to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish.
Rivojlanishning eng yaqin zonasi – murakkab vaziyatni hal etishda bolaning mustaqilligini hamda kattalar rahbarligida bajarilgan vazifa orasidagi farq.
Cenzitivlik – turli ta’sirga nisbatan sezgilarning tez va kuchli qo‘zg‘alishi.
Senzitiv Yosh davrlari – Yoshning o‘sish davrlari. Bunda ma’lum Yosh davriga xos psixik xususiyat va jarayonlar, yuqori darajada yaxshi rivojlangan. Oldindan yoki kechikib kelgan senzitiv Yosh davri ta’lim jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi.
Suhbat – psixologiya metodlaridan biri, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.
Siyosiy madaniyat- davr talabiga mos iqtisodiy, ijtimoiy bilimga ega bo‘lish.
Tabiiy eksperiment – tekshiriluvchini o‘ziga bildirmagan holda uni o‘yin, o‘qish yoki mehnat faoliyatida o‘rganishdan iborat psixologik tajriba.
Tarbiya - tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy hislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.
Ta’lim- u o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv faoliyatidan iborat bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, hayotiy tajribani o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatishdir.