1-Mavzu: “Boshlang’ich sinflarda tarbiya fanlarini o’qitish metodikasi ta’lim predmeti va o’quv fani sifatida.
R e j a:
1. “Boshlang’ich sinflarda tarbiya fanlarini o’qititish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari.
2. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi va tarbiyaviy ahamiyati.
3. Tarbiya darsligining mazmuni va ta’lim texnologiyasining o’zaro bog’liqligi.
Respublikamizda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni tarbiyalash mezonlari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shaxsning tarbiyasiga bevosita aloqador bo‘lgan fazilatlarni singdirish, ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni chuqur singdirish masalalariga ijodiy e’tibor berib kelinmoqda. “Ta’lim to’g’risida” gi qonun , “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’grisida”gi Qaror mustaqil yurtimizga barkamol shaxsni yetishtirib berish vazifasini ilgari suradi.
Xalqimizda “Bola boshidan, o’g’lon yoshidan” degan naql bor. Yoshlikdagi to’g’ri tarbiya inson kamolatini tarbiyalaydi. “Tarbiya” fanining maqsad vazifasi yosh avlod qalbiga odob va axloq nurlarini sochish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, o’z mamlakati va uning tarixi va madaniyati bilan g’ururlanish hissini tarkib toptirish va boshqalardan iboratdir.
“Tarbiya” darslari farzandlarimizda insof, adolat, iymon-e’tiqod, vijdon va mehr-muhabbat hislarini tarbiyalashga qaratilgandir. “Tarbiya” darslari o’quvchilarni xalqimizning unitilayotgan boy tarixi, madaniy va ma’naviy merosi, so’z san’ati, xalq pedagogikasi va milliy qadriyatlari bilan tanishtiradi.
“Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’grisida”gi Qarorni hayotda tadbiq etish maqsadida, 2020-2021 o’quv yilidan umumta’lim maktablariga I-IV sinflariga “Tarbiy” fani davlat o’quv rejasi asosida o’qitiladigan bo’ldi. “Tarbiya” fani dasturi I-IV sinflar uchun mavjud dastur asosida, zamon talabiga mos ravishda yangidan qayta ishlab chiqildi.
Odob va axloq ilmini farzandlarimiz ongi va qalbiga singdirishimizda o’qituvchilarimizga maktab, oila, mahalla va keng jamoatchilik yaqindan yordam berishlari zarur.
Tarbiya fani o’quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning har tomonlama ijtimoiylashuviga ko’maklashish, samarali hamkorlik qilish, vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, o’zlarining intellectual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi. Xalq pedagogikasi, ota-onalar nasihatlari, xalq og’zaki ijodiyoti materiallari bo’lmish doston, ertak, rivoyat hamda buyuk shaxslar ijodi, hayotidan namunalar keltirish va ular o’gitlarini o’rganish orqali murg’ak qalbni tarbiyalashdir.
I-IV sinflarda “Tarbiya” fani dasturi oddiydan murakkabga qarab boradi. Biri ikkinchisini to’ldiradi, boyitadi. I-sinfda “Vatan ishonchi” mavzusida o’quvchilarga ona Vataniga bo’lgan muhabbat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ulari shakllantiriladi. II-sinfda u asta-sekin rivojlantirilib, “Olamni mahliyo aylagan diyor” mavzusiga bog’lanib ketadi. III-sinfdagi “Munosib farzand” mavzusiga doir darsda Vatanimizga va ota-onaga munosib farzand bo’lish, IV-sinfdagi mavzular ham salomlashish, xushxulqlik, insondagi odoblilik fazilat ekanligini asoslab beriladi.
Shuningdek, bolalarga yoshligidanoq nima savobu nima gunoh, nima halolu nima harom kabi o’zbekona turmush tarziga xos tushunchalarni o’rganishga ahamiyat berish zarur.
I-IV sinflar uchun yangi yaratilgan “Tarbiya” dasturining ahamiyati shundaki, kerak bo’lgan o’rinda Qur’on, Hadis ilmidan foydalangan holda, diniy aqidaparastlikni oldini olish masalalari ham ochib berilgan. Darslardagi har bir mavzu bolalarning kundalik hayoti, turmush tarzi bilan bog’langan. Har bir bo’lim va mavzular tarbiyaviy jarayondan ayricha emas, o’qituvchi mavzularni o’zi yashayotgan mahalliy sharaitdan ham olishi mumkin.
I-IV sinflar uchun “Tarbiya” fani bo’yicha yaratilgan dasturidagi bo’lim mavzularida boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlari, bilim darajalari hisobga olingan. Ular asta sekin takomillashtirib rivojlantirilgan.
Buyuk alloma Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yohalokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” - degan edi. Darhaqiqat, tarbiya muammosi kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan boshlab, xalq ijodining mahsuli-afsona, ertak, doston, maqol, rivoyat va hikoyalarda o’z ifodasini topgan. Mustaqillik sharofatida o’zbek diyorida xalqimizning o’z ona tili va madaniyatiga bo’lgan e’tibori kuchayadi. Biz shu ona tilimiz orqali mutafakkir va ma’rifatparvarlarning asarlarini dilimizga jo qilamiz. Shuning uchun “Tarbiya” darslarida sof o’zbek tilida so’zlashga alohida ahamiyat berish lozim.
Tarbiya darslari orqali odob va axloq malakasini singdirish va bolalarga yoshlikdan komillikka intilish his-tuyg’ularini shakllantirish uchun quyidagi tamoyillarga amal qilnishi nazarda tutiladi.
- respublikamizda boshlang’cih sinf o’quvchilariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda sog’lom muhit ustivorligiga erishish:
- ta’lim va tarbiyaning uzluksizligiga ahamiyat berish:
- ta’lim va tarbiya jarayonida bola ruhiyatini tarbiyalash:
- ta’lim tarbiyani dunyoviy tasnifda shakllantirish:
- jamiyatda, xalqimizga bo’lgan muhabbat va sadoqatni tarbiyalash:
- vatan ravnaqi yo’lida halol va fidokorona mehnat qilish:
- suhbat, munozara, ma’ruzalar, ertaklar, musobaqalar uyishtirish, xalq og’zaki ijodi namunalari hamda bolalar ongini o’stiruvchi asarlardan foydalanish va shu kabilar.
“Hotamnoma”, “Hikmatnoma”, Kaykovusning “Qobus-noma”, Yusuf Hos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Ibn Sinoning “Donishnoma”, Navoiyning “Mahbubul qulub”, Boburning “Bobur yoxud axloq” shuningdek Cho’lpon, Fitrat va hozirgi zamon bolalar yozuvchilarning istiqlol davrida yaratgan asarlaridan unumli foydalanish kerak.
“Tarbiya” saboqlarida bolaning erkin fikrlash, ayniqsa tasavvur etish, faraz qila olish qobiliyatini rivojlantirish, ko’nikma va malakalarni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim to’g’risidagi Qonunda belgilangandek “Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir”.
Tarbiya saboqlarida bolalar nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini, qanday ishlarga ergashish kerak, kimlarga taqlid qilish mumkin, qanday ishlardan o’zini tiyishni bilib oladilar va o’zlarida eng yaxshi insoniy sifatlarni rivojlantirishga harakat qiladilar. Shunday tadbirlar va ishlar bolalardagi eng muhim shaxsiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish mumkin.
O’qituvchi va o’quvchi munosabatlarida ustoz-shogirdlik odobini qaror toptirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak:
1. Tarbiya darslarida voqea-hodisalarga munosabat bildirishni o’rgatish yuksak insoniy saboqlarida o’zlashtirib olishga qiziqishni oshirish.
2. Har bir bolada Vatan tuyg’usi paydo bo’lishiga erishish.
“Ta’lim to’g’risida” gi Qonunga muvogiq o’qituvchi ta’lim berish jarayonida bir-biri bilan bog’liq quyidagi uch maqsadni amalga oshirishi kerak:
a) ta’lim berishi, ya’ni o’quvchilarning o’quv materiallarini o’zlashtirishlari
b) odob-ahloq me’yoriga rioya qilishlari
d) o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlarini hisobga olgan holda o’quvchilarda quyidagi sifatlarni shakllantirish zarur.
e)tarbiyaning sifati (xususan, mehnatsevarlik, puxtalik, mustaqillik, sobitqadamlik va h.k).
“Tarbiya” darsliklarining mazmuni va ta’lim texnologiyasining o’zaro bog’liqligi. Berilayotgan bilim oddiygina xotira yordamida emas balki, bolaning o’z fikrlash sa’yi-harakatlari bilan egallangandagina mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |