15-MAVZU: GEOGRAFIYA DARSLARIDA MEDIA TA’LIMI METODI Reja: Mediata’lim tushunchasi
Mediata’lim rivojlanish tarixi
Media darslarni quyidagi metodik imkoniyatlari va afzalliklari
Media ta’liminterfaol, talabalarga individual ta’sir etadigan metod sifatida ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Media ta’lim metodi talabalarni shaxsiy fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish uni qayta ishlash, analiz va sintez qilish, shaxsiy xulosalar chiqarishga o‘rgatadi. Auditoriyalarga matbuot, televidenie, radio, kino, video va internetlar olib kirilmoqda. Bularning barchasi media darslar nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda. Media darslarni quyidagi metodik imkoniyatlar va afzalliklarga ega:
o‘quv jarayonida dars sifati, samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bunday jarayonda bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi nazariy axborotlarni berish bilan materiallarni yuqori darajadagi zamonaviy texnika ta’lim vositalarida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quv Obyektlarini va voqealarini modellashtiradi, uni avtomatik ravishda test ketma-ketligida namoyish etadi. Tasvirini tushiradi;
o‘quv mehnat faoliyatlarini tashkil etishda kompyuter texnikalarini qo‘llash, foydalanish imkoniyatini tug‘diradi. Shaxsan o‘zlari o‘quv materialini amaliyotda sinab, bajarib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
talabaning yakka tartibda ishlagan holda qiziqish va ijodiy ishlarini takomillashtirish imkoniyati yaratiladi;
multimedia texnikasi ularning o‘quv mazmunini o‘zlashtirishlariga qiziqishini yanada oshiradi;
talabalarda ko‘rgazmali va obrazli ta’sirda fikr yuritishga, motorik va verbal kommunikativ ko‘nikmalarning shakllanishiga olib keladi;
axborot bilan ishlash, (axborot qidirish, zarurlarini ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish. Axborotlardan mazmunni tushunish, mantiqiy yaqinlarini ajratishga o‘rganadi.
Shular asosida axborotni olish madaniyati shakllanadi.
Media ta’lim metodining bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga yordam berish, oddiy yo‘nalishlardagi media axborotlar tilini o‘rganish; talabani badiiy o‘sishi, rivojlanishiga hissa qo‘shish, media matn (tekst)larni malakali tahlil eta olish, o‘rgatish va qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Media ta’limning asosiy mazmuni media madaniyat tilini, uning tarixini bilish (kino san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) material tekstlarini tushunishdir.
Uning pedagogik strategiyasi media matnlarni badiiy tahlil qila olish, unga interpretatsiya asosida baho bera olishdan iboratdir. Shuni aytish kerakki, media ta’lim qanday shakllanadi, u bir haqiqatni ifodalaydimi, kimning manfaatini ko‘zlaydi, uning mazmuni nimalardan iborat va talabalar uni qanday qabul qiladilar?
Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta’lim metodining markazida talaba shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklari hisobga olinishi, olingan axborotlarga tanqidiy ko‘z bilan qarab, ularni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerak.
Media ta’lim metodi haqidagi Rossiya va chet ellik olimlar fikriga ko‘ra, media ta’lim ham tarbiyaviy, ham ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarni o‘quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Media ta’lim metodining o‘quv-bilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
media ta’lim tarixi haqidagi bilimlar, uning tuzilish nazariyasini o‘rganish-o‘zlashtirish;
media matn (tekst)larni ongli qabul qila olish, uning tilini bilish va “o‘qita olish” shu haqida tasavvurlarini kengaytirish, ko‘rish orqali xotirasini mustahkamlash, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy, obrazli, muammoli fikr yuritishni o‘rganish;
media ta’lim materiallarini kreativ fikrlash orqali amaliyotda foydalanishdan iborat.
Media ta’lim metodining eng muhim vazifalaridan biri o‘sib kelayotgan yosh avlodni tobora jadallashib borayotgan axborotlar oqimida har xil axborotlarni olish, tushunib yetish, uni inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to‘g‘ri, maqsadli foydalanishga olib keladi.
Media ta’lim metodi orqali olingan axborotlarni integratsiya qilish asosida shaxsiy fikrini bildirish va qayta olishga chorlaydi. O‘z fikrini erkin bildirish, shaxsiy rivojlanish, turli informatsion hurujlarga qarshi fikr bildirish orqali uning ijtimoiy jamiyatdagi faolligi oshadi. Media ta’lim metodi talabalarda axborotlardan faol va to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantiradi. Talabalar shu orqali berilayotgan axborot haqida erkin va faol fikr yurita boshlaydilar.
Media ta’lim metodida talabalar kreativ fikr yuritadilar, ya’ni yangi tushunchalarni o‘zlashtira boshlaydilar. Jumladan, ular “fabula”, “syujet”, “mavzu”, “konflikt”, “kompozitsiya”, “kadr”, “plan”, “montaj” kabi tushunchalarni o‘quv jarayoniga aloqadorlikda tushunib, amalda qo‘llab, o‘zlashtirib boradilar.
Shuning uchun ham media darslar:
“Badiiy-immitatsiyali” – kichik ssenariyalar, minissenariya, media-matnlar tuzish, uni interfaol ta’lim metodida namoyish etish;