1-Mavzu: Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining rivojlanishi. Reja



Yüklə 47,13 Kb.
səhifə3/8
tarix09.04.2023
ölçüsü47,13 Kb.
#125013
1   2   3   4   5   6   7   8
Namuna

Jumladan, Qonunning 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 6- moddasining 3-bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab-chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi – davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilanganligi bildirilgan.


Bu qoida Konvensiyaning 6-moddasi 3-bandidagi har bir ishtirokchi Davlat BMTning Bosh kotibiga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi, degan talablariga to‘la javob beradi.
Qonunning 2-bandiga ko‘ra, Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari bo‘yicha 15-19, 21, 22- moddalarda, 23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda tutilgan qilmishlar milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish ekanligi va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etilishligi bayon etilgan.
Ushbu xatti-harakatlar O‘zbekiston jinoyat qonunchiligi bo‘yicha ham jinoiy qilmish sifatida baholanadi va amaldagi jinoyat qonunida bunday qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
BMTning Rivojlanish Dasturi nazariy tahliliga ko’ra korrupsiyani vujudga kelishida quyidagi omillar katta rol o’ynaydi. Jumladan, vakolat va hokimiyat, o’zboshimchalik va shaxsiy manfaat, hisobdorsizlik va oshkorasizlik. Shunday ekan, korrupsiya – bu keng ma’noda davlat xizmatchisi yoki mansabdor shaxsning o’ziga davlat yoki jamiyat tomonidan belgilangan vakolatni suiste’mol qilib, undan shaxsiy maqsadlarda foydalanishidir. Ushbu holatni korrupsiya borasida yetakchi nazariyotchi olim Robert Klitgard formula shaklida quyidagicha tasvirlaydi:
Korrupsiya = (Vakolat + O’zboshimchalik) – (Hisobdorlik + Oshkoralik).
Har qanday jinoyatchilik ma’lum bir sabab va shart-sharoitlar ta’sirida vujudga keladi. Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni yechish yo’li bilan kamaytirish va cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni yechishga korrupsiyaga qarshi barcha yo’nalishlarda qat’iy va murosasiz kurash olib borishga ko’maklashadi.
Ilmiy adabiyotlarda quyidagi sabablar korrupsiyani vujudga keltiruvchi umumiy sabablar qatoriga kiradi.

  1. Demokratik an’analar chuqur anglanilmaganligi.

  2. Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga yetarli darajada jalb qilinmagan.

  3. Hokimiyat institutlari tizimining nuqsonlari mavjudligi.

  4. Qonunchilik texnikasi yetarli darajada metodik ta’minlanmaganligi va asosiy holatlari hayotga to’g’ri tadbiq qilinmaganligi.

Korrupsiyani belgilovchi maxsus omillar qatoriga aksariyat mutaxasisslar ayrim faoliyat sohalari huquqiy jihatdan lozim darajada tartibga solinmaganini va amaldagi qonun hujjatlarida mavjud kamchiliklarni kiritadilar.
Lekin bular ichida normativ-huquqiy bazaning nuqsonlari korrupsiyani vujudga keltiruvchi eng muhim omillardandir. Uning quyidagi ko’rinishlari mavjud:
Huquq kolliziyalari;
Qaytarilishlar;
Protsessual mexanizmlarning noaniqligi va samarasizligi;

Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin