O’z mehnatidan non yegan kishi, Xotam minnatidan ozod yoz-qishi. Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo’lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan ahloqiy jihat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Halq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o’yib yozilgan hikmatdur” – deb ta’kidlanadi.
“Farzandlarga odob-hunar o’rgatmak merosdur” – deb nasihat qilinadi Qobusnomada “Sen odob, hunar va donishini o’zingdan meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo’lgaysan”. Chunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo’qdir
Hunar egallash ham bir fazilatdir mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rolь o’ynaydi
Ota-bobolarimiz ham hunar o’rganishni asosiy vazifa ekanligini o’rgatib kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan:
Hunar o’rgan chunki hunarda ko’p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir. Abu Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishini sinchiklab o’rgangan va hunarni yuqori baholagan. U “Hunarmandchilikda, mehnatda to’liq ustozlik sa’natini egallab olishi kerak”, degan fikrni aytadi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Nasr Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abulqosim Firdavsiy, Nosir Xisrav
Mavzuning asosiy tushunchalarini Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
Shogird etish tanilgan usta qo’lida yakka shogird bo’lish.
Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o’rganiladi.
Hunar egallash ham bir fazilatdir mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rol o’ynaydi
«Integratsiya» tushunchasi ta'lim jarayoniga tatbiq etilganda ikkita ma'noni anglatadi: birinchidan, bu maktab o‘quvchilarida bizni o‘rab turgan atrof-olamni bir butunlikda deb qabul qilinishiga erishish (bunda integratsiya ta'lim maqsadi sifatida maydonga chiqadi); ikkinchidan, fanga doir bilimlarni umumiy jihatlarini yaqinlashtirish (bunda integratsiyaga ta'lim vositasi sifatida qaraladi).
Integratsiya - «butun» degan ma'noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi emas, bu sintez, yangi narsaning kelib chiqishi, kashfiyotdir. Alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir