1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish



Yüklə 140,27 Kb.
səhifə40/42
tarix26.11.2022
ölçüsü140,27 Kb.
#119941
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
bolalar jismoniy tarbiyasi maruza

29-Mavzu: Jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish
Inson hayotining birinchi etti yilligida bolalar sog‘lig‘ining asosiga zamin tayyorlanadi, hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllanadi, takomillashadi, keyinchalik jismoniy rivojlanish uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yuzaga keladi. Shu soha olimlari Shelovanova, Sorochek, Uvarov, Bikovlarning tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolaning jismonan chiniqqan, chaqqon, kuchli bo‘lib o‘sishida o‘z vaqtida to‘g‘ri rejalashtirilgan jismoniy tarbiya jarayoni muhim o‘rin o‘ynaydi. Jismoniy tarbiyaning ahamiyatini noto‘g‘ri baholash bola organizmining rivojini susaytiribgina qolmay, uning aqliy rivojlanishiga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatishini jismoniy tarbiya amaliyoti isbotlab berdi.
Bu yoshdagi bola organizmi tez rivojlana boshlaydi, lekin organizmning himoya
refleksi sust taraqqiy etgan bo‘ladi, kasalga nisbatan tez chalinadi. Shunga ko‘ra, bu yoshdagilar jismoniy tarbiyasining vazifasi ularning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash, chiniqtirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, gavdani to‘g‘ri tutishga, umumiy va shaxsiy gigienaga e‘tibor beradigan qilib voyaga etkazishdir.
Eng ahamiyatlisi ularda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish,
velosipedda, rolikli chang‘ida uchish, konkida yurish va yugurish, suzish kabi hayot uchun zaruriy eng oddiy harakat malakalarini rivojlantirishdir. Bu harakatlarni bolalar tez o‘zlashtiradi, sababi ularning asab tizimi yuqori darajada egiluvchandir.
Bu yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlardan chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va
egiluvchanlikni rivojlantirish imkoniyatlari katta.
Levi Gorinevskayaning fikricha, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun murakkabroq umumjismoniy mashqlar, 1-sinf dasturiga yaqin bo‘lgan va unga tayyorlaydigan mashqlar tanlab olinadi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash, ta‟lim va tarbiyaning asosiy uslublari.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik,
kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini e‘tiborga olsak, chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalash imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi, kuch va chidamlilik sifatlarini tarbiyalashda esa, aksincha, extiyotkor bo‘lish zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to‘xtatib qo‘yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur,
bu sifatlar tarbiyachining xohishisiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida, xususan, yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida baribir namoyon bo‘ladi.
Bu yoshdagi bolalar asab tizimining egiluvchanligi jismoniy sifatlarni bir tekisda
rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki asab tizimidagi qo‘zg‘alish va
tormozlanish birini ikkinchisi bilan tez almashtirish qobiliyati bilan bog‘liq. Ayniqsa, harakatli o‘yinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, o‘yin faoliyati uchun zarur bo‘lgan favquloddagi harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biri bilan tez o‘rin almashinishda namoyon bo‘ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoit yaratadi.
Asab jarayoni jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtiradi. qisqa vaqt mobaynida o‘rtacha tezkorlik bilan yugurish, velosipedda uchish va boshqa mashqlar tezlikning rivojlanishiga omil bo‘ladi. Bu mashqlarda, albatta, me‘yorni to‘g‘ri tanlash va ularning o‘zaro o‘rin almashinishi muhim ahamiyatga egadir.
Bu yoshdagi bolalarda bo‘yin, qorin, orqa, bel mushaklari kuchsiz bo‘lib, qomat
yaxshi rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, ushbu guruh mushaklarini rivojlantirish uchun yurish, yugurish, tanani bukib va rostlab bajariladigan mashqlarni to‘g‘ri tanlab olish, harakatlar tezligini orttirish va boshqa tadbirlar juda muhim. Bularsiz bola kundalik hayotida uchraydigan jismoniy mashqlarni bajarishda, jismoniy mehnatda qiyinchilikka uchragan bo‘lar edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o‘sha mashqning
ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o‘yin qoidalari, umumiy va shaxsiy gigiena
qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Bu yoshdagi bolalarni jismoniy mashqni yakka holda mustaqil va guruh bilan bajarishga o‘rgatish kerak. Kichik guruhlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o‘rgatish, o‘zining sport malakasi o‘sayotganiga va katta sportchilarning natijalariga qiziqish, o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, o‘yinchoqlarga munosabat masalalariga, axloq me‘yorlarining rivojlanishiga e‘tibor beriladi. Ularda jismoniy tarbiyani shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, bunda zarur jismoniy sifatlarni o‘stirish aqliy, axloqiy va estetik tarbiya bilan qo‘shib olib borilsin.
Ularga estetikadan tana tuzilishi, qomatni to‘g‘ri tutib yurish, harakatlarning ravon hamda chiroyliligi, kiyim-boshni ehtiyotlash va boshqalar to‘g‘risida tushuncha berish kerak bo‘ladi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, diqqat, idrok, tushuncha, tasavvur, tafakkurni o‘stirish va boshqa xislatlarni mustahkamlash jismoniy tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi.

Yüklə 140,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin