Intellektual psixologiya − bu psixikaning asosiy elementi va psixologik faoliyatning asosiy funksiyasi aql – intellektdir, deb hisoblaydigan yo‘nalish. Intellektual psixologiya tarafdorlarining fikricha, turli-tuman psixik jarayonlar, shu jumladan emotsional va iroda jarayonlari ham sezgi, tasavvur va tushunchalarning qo‘shilishidir, deb tushuntiriladi. Assotsiativ psixologiyaning vakillari ham intellektualistlarga kiradi, chunki ular ham birlamchi va asosiy element tasavvurlardir, deb hisoblaganlar. Psixologiya va pedagogikada intellektualizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Gerbart hisoblanadi.