1. Anglanmagan psixik jarayonlarning umumiy xususiyatlari va tasniflanishi haqida ma’lumot bering.
2. Ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlari nimani anglatadi?
3. Anglanmagan avtomatizmlarga misollar keltiring.
4. D.N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering.
5. Psixik hodisalar va insonlarning kundalik hayotini o‘rganishda ongli harakatlar anglanmaganligining ahamiyatini ochib bering.
6. Ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilarini o‘rganish bo‘yicha Z. Freyd tadqiqotlari haqida gapirib bering.
7. Ong usti jarayonlari haqida nimalarni bilasiz?
8. Anglanmagan psixik jarayonlarni o‘rganish metodlaridan qaysilarini bilasiz?
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Ong- ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi Ongsizlik- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.
4.1. Ongning psixologik xossalari
Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo’lib hisoblanadi.
Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi. O’zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.