To‘lov tizimining evolyusiyasi. Pulning funksiyalari va ularning turli xil shakllarini yaxshiroq tushunish uchun, to‘lov tizimining evolyusiyasi va iqtisodiyotda ayirboshlash operatsiyalarini o‘tkazish usullarini ko‘rib chiqamiz. To‘lov tizimi yuz yillar davomida pul shakllari bilan bir qatorda rivojlanib bormoqda. Zamonning ma‘lum bir davrida oltin kabi qimmatbaho metallar asosiy to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan va pulning asosiy shakli hisoblangan. Keyinchalik cheklar va qog‘oz pullar ko‘rinishidagi qog‘ozli aktivlarto‘lov tizimida foydalanish boshlangan va pulning asosiy shakli hisoblangan. To‘lov tizimining rivojlanishini kuzata turib, kelajakda pulning qanday shakllari muhim o‘rinni egallashini aniqlab olish muhimdir.
Tovar pullar. To‘lov tizimining rivojlanish istiqbollarini baholash uchun, uning shakllanish tarixini o‘rganish lozim. Pul funksiyasini bajaradigan har qanday ob‘ekt universal jihatdan qabul qilingan bo‘lishi shart va barcha tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida qabul qilishga rozi bo‘lishi lozim. Har bir kishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ob‘ekt iqtisodiyotda pul rolini bajarish uchun ehtimoliy nomzod hisoblanadi. Qimmatbaho metall yoki boshqa qimmatli tovardan ishlangan pullar tovarpullar deyiladi. Qadimgi davrdan toki so‘nggi o‘rta asrlargacha eng primitivlaridan tashqari barcha jamiyatlarda ayirboshlash vositasini tovar pullar bajarishgan. To‘laligicha qimmatbaho metallar asoslanadigan to‘lov tizimining muammosi shundan iborat ediki, bunday pullar juda og‘ir va bir joydan ikkinchi joyga tashish juda ham qiyin edi.Barcha narsalarni faqat metall pullarga sotib olishga to‘g‘ri kelganda, sizning cho‘ntagingizda qanday teshiklar bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring. Shunisi aniqki, biror narsani xarid qilishga to‘g‘ri kelib qolsa, uyingizdan pullarni etkazib berish uchun yuk mashinasi yollashingiz talab qilinadi.
Qog‘oz pullar. To‘lov tizimi rivojlanishining keyingi bosqichi qog‘oz pullar hisoblanadi. (ayirboshlash vositasi sifatida foydalaniladigan qog‘oz varaqlari). Dastlab qog‘oz pullarni tangalarga yoki ma‘lum bir miqdordagi qimmatbaho metallarga ayirboshlashni kafolatlash tizimi mavjud edi. Ammo ko‘plab mamlakatlarda bu qog‘oz pullar qonuniy ravishda qarzlarni to‘lash bilan bog‘liq ayirboshlash operatsiyalarida foydalaniladigan, ammo tangalarga yoki qimmatbaho metallarga ayirboshlanmaydigan fidutsiar qog‘oz pullarga aylandi. Qog‘oz pullarning eng katta ustunligi shundan iboratki, ular tangalar yoki qimmatbaho metallarga nisbatan engilroq edi. Ammo ayirboshlash vositasi sifatida ular faqatgina qog‘oz pullarni muomalaga chiqaruvchi hokimiyatga faqatgina ma‘lum bir ishonch bo‘lgan holatdagina ayirboshlash vositasi sifatida qabul qilingan. Qog‘oz pullarning bosma holati sifati etarli ravishda yuqori darajada bo‘lishi hamda qalbakilashtirishning imkoni mavjud bo‘lmasligi lozim. Qanchalik darajada qog‘oz pullar kelishuv shakli bo‘lsa, mamlakatlar yangi pullarni muomalaga chiqarishlari yoki o‘z xohishiga ko‘ra eski pullarga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin. Darhaqiqat, 2002 yilda ko‘plab Evropa mamlakatlari o‘zlarining milliy valyutalarini bekor qilib, evroga o‘tishlari yaqqol misol bo‘ladi. Qog‘oz pullar va tangalarning eng katta kamchiligi ularning osonlik bilan o‘g‘irlanishi va hajmining
yirikligi hisobiga katta miqdorda tashish juda katta xarajatlarni talab qilishi hisoblanadi. Bu muammoni hal etish maqsadida to‘lov tizimi rivojlanishida navbatdagi qadam tashlandi. Bank ishining zamonaviy darajasi cheklarni keng tatbiq etilishini ko‘zda tutadi.