1-mavzu. Tarixiy hujjatlar va ulardan namunalar reja



Yüklə 99,48 Kb.
səhifə12/31
tarix26.11.2023
ölçüsü99,48 Kb.
#135189
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja

Namuna:
Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek filologiyаsi yo‘nalishi
14.432 guruh talabasi Ahmedova Nilufarning “Hozirgi o‘zbek she’riyаtida
his-tuyg’u va g’oyа mutanosibligi” nomli bitiruv-malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Avvalo shuni aytish kerakki, bitiruv - malakaviy ishi ushun dolzarb mavzu tanlangan. Ish reja asosida, kerak tarkibiy qismlarga rioyа qilingan holda yozilgan. Oхirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yхati ham berilgan. Faqat ro‘yхat alifbo tartibida berilishi kerak edi. Bu tamoyilga amal qilinmagan. Ishda kafedra a’zolarining ishlaridan, jumladan, kafedra mudiri filologiyа fanlari doktori Y. Solijoniv boshshiligida nashr etilgan «O‘zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari» nomli ilmiy maqolalar to‘plamidan, filologiyа fanlari nomzodi M. Boborahimovning “She’riy asarlarda konfilikt” nomli risolasi hamda Y. Solijonov «Nutq va uslub» monografiaysidan o‘rinli foydalanilgan. Kerakli betlarda bu haqda ma’lumotlar berilgan. Ammo, ishning kirish qismida filologiyа fanlari nomzodi “A. Sabirdinov she’riyаt asarning shakl va mazmun mutanosilbigi bo‘yicha o‘z fikrlarini e’lon qilgan» deyа qayd etiladi- yu, biroq olimning qaysi asarida aynan shu mavzuga to‘хtalganligi keltirilmaydi.
Ishga atroflicha yondoshishga harakat qilingan. Buning uchun reja tuzib ish olib borilgan. Rejaning birinshi bandi kirish qismi bo‘lib ishda masalaning qo‘yilishi va o‘rganilishi haqida yetarli darajada ma’lumotlar berilgan .
Ishning ikkinshi qismi asosiy qism bo‘lib, u 3 bobdan iborat: 1) o‘zbek she’riyаtida shakl va mazmun mutanosibligi masalalari; 2) o‘zbek she’riyаtida yаngi poetik an’analarning ahamiyаti, 3) o‘zbek she’riyаtida his-tuyg’u va g’oyа mutanosibligi masalalariga bag’ishlangan.
Birinshi bobda, badiiy asar mazmuni хususiyаtlari sanalgan va shakliga хos belgilar ko‘rsatilgan. Menimcha, shu o‘rinda mazmunning ta’rifi va хususyаtilarini sanashga ko‘proq e’tibor berib yuborilgan. Ammo, shakl ta’rifi va o‘ziga хos jihatlariga kamroq diqqat qaratilgan. Vaholangki, diplomantimiz shakl va mazmun mutanosib bo‘lishi kerak, deb bir nesha bor takrorlagan. Shu o‘rinda imloviy va uslubiy хatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Gap katta tuzilgan. Ilmiy ish ushun muhim bo‘lgan iхshamlilik etishmaydi.
Ikkinshi bobda, yаngi poetik an’analar haqida gapirilgan, ammo yetarli emas. Buning ustiga konkret faktlar yetishmaydi. Bu erda poetik an’analar haqida ko‘proq ma’lumot berilishi kerak edi.
Uchinchi bobda bevosita mavzudagi masalani atroflicha ochishga harakat qilingan. Har uchala shoirlarning ham she’rlaridan parchalar keltirilgan. Imkon darajada tahlil qilingan. Ammo ba’zi o‘rinlarda ilmiylikdan chekinilib, publitsistik va badiiy uslublariga o‘tib qolingan.
Ishning oхirgi bandi хulosa qismi bo‘lib, unda hozirgi o‘zbek she’riyаtida his-tuyg’u va g’oyа mutanosibligining she’riyаt rivojidagi ahamiyаti haqida so‘z yuritilgan. Ammo aynan mavzuning she’riyаt taraqqiyoti va badiiy tafakkur rivojidagi o‘rni haqida deyаrli gapirilmagan.
Mazkur xato va kamchiliklar bitiruv-malakaviy ishining umumiy holatiga sezilarli ta’sir etmaydi. Ish talabga javob beradi. Shuning ushun uni 63 ball bilan baholashni tavsiyа etaman.
Rasmiy opponent,
Filologiya fanlari nomzodi: H. Ibrohimov.
2007 yil 12- may.
Bundan tashqari ish yuritishda “rezyume” deb ataladigan hujjatdan ham foydalaniladi. “Rezyume” so‘zi fransuzcha so‘z bo‘lib, biror asar, o‘qilgan ma’ruza, mehnat faoliyatining mohiyatini ochib beradigan qisqacha xulosa, fikr-mulohaza degan ma’nolarda ishlatiladi. Masalan, “Tafakkur” jurnali oxirida jurnalda e’lon qilingan maqolalarning ingliz tilidagi rezyumesi beriladi. Yoki himoyaga tavsiya etilayotgan ilmiy ishlarning so‘nggida matnning o‘zbek, rus yoxud ingliz tillarida qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Ana shu rezyumening o‘ziyoq ish bilan tanishishga ulgurmagan kishiga dissertatsiya haqida asosiy ma’lumotni beradi.


Sirdaryo O‘tamovnaning “Alisher Navoiy g’azalaridagi ranglarning simvolikasi” mavzusidagi o‘zbek mumtoz adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiyasining
R E Z Y U M E S I
Mumtoz adabiyotida ranglarning ramziy ma’nosi va vazifasini o‘rganish adabiyotshunoslarimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu muammo haqida M.Shayxzoda, Yo.Is’hoqov, A.Hayitmetov, I. Haqqulov kabi navoiyshunoslar o‘z tadqiqotlarida fikr yuritishgan. Lekin Navoiy lirikasidagi ranglar ma’nosi, ma’no qirralari genezisi, xalq og’zaki ijodi bilan uzviyligi haqida alohida tadqiqot bitinchi marta amalga oshirildi.
Ishning ilmiy yangiligi:
ranglar genezisi simvolika darajasida tadqiq qilingan;
xalq og’zaki ijodidagi ranglar dinamikasi va Navoiy lirikasidagi ranglar dinamikasi birinchi marta qiyosiy tadqiq etilgan;
Navoiy ijodida ranglar keng ko‘lamda ilk bor sistemeli tadqiq etilgan;
Navoiy ijodidagi ranglar simvolikasini qo‘llashdagi an’anasi va mahorati har tomonlama tadqiq qilingan;
Navoiy qo‘llagan ranglar simvolikasini shoir zamondoshlari va keyingi avlod ijodkorlari ijodiga ta’siri haqida ilk mukohazalar berilgan.
Ishning umumiy tavsifi, kirish, 3 bo‘limga ajratilgan 8 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatidan iborat.
Ishning asosiy mazmuni 1 alohida nashr va 8 ta ilmiy maqolalarda o‘z aksini topgan.
Ilmiy rahbar: I.Haqqulov.
2007 yil 9-setabr.

Hozirda mamlakatimizda xorijliklarga tegishli ko‘plab tashkiotlar faoliyat olib bormoqda. Ularga ishga joylashish tanlov asosida bo‘lib, tanlovda qatnashchi bo‘lgan kishi o‘z mehnat faoliyati haqida rezyume yozib topshiradi.





Yüklə 99,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin