1-mavzu. Yuksak o’simliklarning umumiy tarifi. Plauntoifalar bo’limi (Lycopodiophyta). Reja



Yüklə 247,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix08.04.2023
ölçüsü247,13 Kb.
#124969
1   2   3
1-maruza

ales, ajdod (sinf) ga - psida, bo`limga – phita qo`shimchalari berilgan. Bu qoida akad. 
Q.Z. Zokirov tufayli o`zbek botanika terminologiyasiga tatbiq etilgan.
Umuman yirik taksonlarni nomlashda turkum nomi oila, qabila, ajdod, bo`lim 
nomlari uchun asos qilib olinadi. Aksariyat oilalarning nomlari turkum nomi bilan 
ataladi. Masalan: Ayiqtovondoshlar, Gulxayridoshlar, Magnoliyadoshlar va boshqalar 
turkum nomidan olingan. Lekin ayrim oilalarning nomlari o`simliklar organlarining 
tuzilishiga qarab nomlanib kelingan. Masalan: Labguldoshlar (Labiatae), 
Dukkakdoshlar 
(Leguminosae), 
Soyabonguldoshlar 
(Umbelliferae), 
Murakkabguldoshlar (Compositae) va boshqalar.
Quyidagi oilalarga turkumlarning nomlari asosida yangi o`zbekcha nomlar 
berildi (U. Pratov, T. Odilov, 1995). Shunga ko`ra: Apiaceae (Umbelliferae) - 
Ziradoshlar (Soyabonguldoshlar), Asteraceae (Compositae) - Qoqio`tdoshlar 
(Murakkabguldoshlar), Poaceae (Gramineae) - Bug`doydoshlar (boshoqdoshlar), 
Fabaceae (Leguminosae) - Burchoqdoshlar (Dukkakdoshlar), Lamiaceae (Labiatae) - 
Yalpizdoshlar 
(Labguldoshlar), 
Brassicaceae 
(Cruciferae) 

Karamdoshlar 
(Krestguldoshlar), Arecaceae (Palmaceae) - Palmadoshlar (Arekadoshlar) deb 
nomlandi. Yuksak o`simliklar Yer yuzida eng keng tarqalgan bo`lib, murakkab 
tuzilishga ega bo`lishi bilan ajralib turadi. O`simliklar dunyosini, shu jumladan 
yuksak o`simliklarni ma`lum bir tizim (sistema) asosida joylashtirish ustida olimlar 
uzoq 
yillar 
mobaynida 
tadqiqot 
ishlari 
olib 
borganlar 
va 
o`zlarining 
klassifikatsiyalarini ishlab chiqqanlar. O`simliklar sistemasini ilk bor tavsiya etgan 
botaniklardan biri italiyalik botanik A. Sezalpin (1519-1603) bo`lib, u o`simliklarni 
asosan mevasiga qarab 15 sinfga ajratgan. K. Linney esa o`simliklarni mevasiga 
emas, guliga (ayniqsa, changchilaming tuzilishiga) qarab 23 sinfga, gulsizlarni bir 
sinfga kiritib, o`zining 24 sinfdan iborat sistemasini yaratdi. Vaqt o`tishi bilan 
o`simliklar, shu jumladan gulli o`simliklar sistemasiga bag`ishlab ko`plab asarlar 
nashr etildi va yangi sistemalar tavsiya etila boshlandi. Bu borada A. Engler, N.I. 
Kuznetsov, N.A. Bush, A.A. Grossgeym, X.Y. Gobi, B.M. Kozo-Polyanskiy, A.L. 


Taxtadjyan kabilarning olib borgan ishlari diqqatga sazovordir. Hozirda yuksak 
o`simliklar dunyochasi (kichik dunyosi) 300 000 dan ortiq turni o`z ichiga oluvchi 9 
ta bo`limga ajratiladi.
1. Riniyatoifalar - Rhyniophyta
2. Zosterofiltoifalar - Zosterophyllophyta
3. Yo`sintoifalar - Bryophyta
4. Plauntoifalar - Lycopodiophyta
5. Psilottoifalar -Psilotophyta
6. Qirqbo`g `imtoifalar - Equisetophyta
7. Qirqquloqtoifalar - Polypodiophyta
8. Qarag`aytoifalar (ochiq urug`lilar) - Pinophyta yoki Gymnospermae
9. Magnoliyatoifalar (yopiq urug`lilar) - Magnoliophyta yoki Angyospermae. 

Yüklə 247,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin