1-mavzu. Yuksak o’simliklarning umumiy tarifi. Plauntoifalar bo’limi (Lycopodiophyta). Reja



Yüklə 247,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix08.04.2023
ölçüsü247,13 Kb.
#124969
1   2   3
1-maruza

TAKSONOMIK BIRLIKLAR  
Botaniklarning xalqaro XI kongressi (1969 yil) da taksonomik birliklarni 
kattadan kichikka qarab nomlash tavsiya qilindi Botanikadagi asosiy sistematik 
birliklar quyidagilardan iborat: bo`lim - divisio, ajdod (sinf) - classis, qabila - ordo
oila - familia, bo`g`in - tribus, turkum - genus, seksiya - sectio, tur - species.
Botanika nomenklaturasi qoidalariga muvofiq sistematik birliklarni ifodalovchi 
maxsus qo`shimchalar ishlab chiqilgan. Unga ko`ra oilaga lotincha aceae, qabilaga - 
ales, ajdod (sinf) ga - psida, bo`limga – phita qo`shimchalari berilgan. Bu qoida akad. 
Q.Z. Zokirov tufayli o`zbek botanika terminologiyasiga tatbiq etilgan.
Umuman yirik taksonlarni nomlashda turkum nomi oila, qabila, ajdod, bo`lim 
nomlari uchun asos qilib olinadi. Aksariyat oilalarning nomlari turkum nomi bilan 
ataladi. Masalan: Ayiqtovondoshlar, Gulxayridoshlar, Magnoliyadoshlar va boshqalar 
turkum nomidan olingan. Lekin ayrim oilalarning nomlari o`simliklar organlarining 
tuzilishiga qarab nomlanib kelingan. Masalan: Labguldoshlar (Labiatae), 


Dukkakdoshlar 
(Leguminosae), 
Soyabonguldoshlar 
(Umbelliferae), 
Murakkabguldoshlar (Compositae) va boshqalar.
Quyidagi oilalarga turkumlarning nomlari asosida yangi o`zbekcha nomlar 
berildi (U. Pratov, T. Odilov, 1995). Shunga ko`ra: Apiaceae (Umbelliferae) - 
Ziradoshlar (Soyabonguldoshlar), Asteraceae (Compositae) - Qoqio`tdoshlar 
(Murakkabguldoshlar), Poaceae (Gramineae) - Bug`doydoshlar (boshoqdoshlar), 
Fabaceae (Leguminosae) - Burchoqdoshlar (Dukkakdoshlar), Lamiaceae (Labiatae) - 
Yalpizdoshlar 
(Labguldoshlar), 
Brassicaceae 
(Cruciferae) 

Karamdoshlar 
(Krestguldoshlar), Arecaceae (Palmaceae) - Palmadoshlar (Arekadoshlar) deb 
nomlandi.
Plaunsimonlar (Lycopodiophyta) eng qadimgi o‘simliklardan biridir. Ular 
paleozoy erasining Silur davridan boshlab, Karbon davrida o‘z rivojlanishining eng 
yuqori pog‘onasiga yetgan. Karbon davrida plaunsimonlarning baland bo‘yli 
daraxtsimon shakllari keng tarqalgan. Hozirgi paytda esa faqatgina o‘tsimon 
turlarigina yetib kelgan. Plaunsimonlar plaunlar (Lycopodineae) va lepidodendronlar 
(Lepidodendrineae) sinflariga bo‘linadi. Plaunlar sinfi o‘tsimon o‘simliklarning: 
plaunsimonlar (Lycopodiales) — teng sporalilar va selaginellalar (Selaginellales) — 
har xil sporalilar qabilalaridan iborat. Lepidodendronlar sinfiga paleozoy erasida 
yashagan va keyinchalik yo‘qolib ketgan daraxt o‘simliklar kiradi. Bir xil sporali 
plaunlarga vakil qilib apteka plaunini olamiz. Apteka plauni o‘rmonlarda, 
qarag‘ayzorlarda uchraydi. O‘rta Osiyoda uchramaydi. Poyasining uzunligi 70 sm ga 
yetadi. Apteka plauni doim yashil, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyasi dixatomik ravishda 
o‘sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo‘ladi. Tik o‘suvchi poyasi qo‘shaloq yoki yakka 
boshoqchalari bilan tamom bo‘ladi. Boshoqchani sporacha barglaridan tashkil topgan. 
Sporachi barglarning ichki shakli buyraksimon sporangiyalar taraqqiy etadi ichida 
sporalar vujudga keladi. Bu sporalar sporangiya xujayralarning reduksion yo‘lida 
bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Sporalar nixoyatda mayda va yengil, quruq bo‘ladi. 
Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiyalar yoriladi. Natijada sporalar shamol 


yordamida tarqalib ketadi. Qulay sharoitga tushib qolgan spora una boshlaydi. 
Sporadan tuganakka o‘xshash o‘simta o‘sib chiqadi. Bu o‘simtada anteridiya va 
arxegoniya taraqqiy etadi. Anterediya va arxegoniyalarning taraqqiy etishi uchun 10-
12 y.vaqt ketadi. Apteka plaunining o‘simtasi 1 uyli 2 jinslidir. Otalanish protsessi 
bahorda, yog‘ingarchilikda bo‘ladi. Anteriyada ishlab chiqqan spermatazoidlar 
arxegoniyaning tuxum xujayrasini otalantirgandan so‘ng embrion hosil bo‘ladi. 
Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Bu o‘simlik jinssiz nasl sporofit. Apteka 
plauni detskaya prisipka sifatida, pillyula tayyorlashda sporadan sepib qo‘yiladi. 
Ya’ni pillyulalar bir biriga yopishib qolmaydi. Og‘ir sanoatda eritilgan metallarni 
qoliplashda ishlatiladi. Har xil sporali plaunlarga selaginellani misol qilib olamiz. Bu 
o‘simlik ham ko‘p yillik o‘simlik, doim yashil o‘simlik (o‘tli) poyasi dixatomik 
ravishda shoxlangan. Tik va yotib o‘suvchi poyalari bo‘ladi. Vertikal poyasida 
boshoqchasi bor. Boshoqchasida 2 xil: katta — makrosporangiylar va kichik 
mikrosporangiyalar bo‘ladi. Mikrosporangiyalardan mikrospora taraqqiy etadi. Undan 
otalik o‘sib chiqadi. Makrosporangiyalardan makrospora taraqqiy etadi. Undan onalik 
o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtasi demak 2 uyli 1 jinsli. Otalanish yog‘ingarchilikda 
bo‘ladi. Plaunlarning barcha xarakterli xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
vakili cho‘qmoqli plaun (Licopodium clavatum) hisoblanadi. Cho‘qmoq plauni 
(Lycopodium clavatum). Plaunsimonlar ajdodining yagona turkumi mavjud bo‘lib, 
turkumning cho‘qmoqli plaun (Licopodium clavatum) deb yuritiladigan turi butun yer 
shari bo‘ylab, aksariyat hollarda o‘rmon mintaqasida tarqalgan. Cho‘qmoq plauni 
doimiy yashil o‘simlik bo‘lib, o‘rmon va tundra zonasida keng tarqalgan. Uning 
poyasi yer bag‘irlab o‘suvchi, 100-150 sm uzunlikda. Undan yuqoriga balandligi 10-
15 sm tik o‘suvchi novda, yer bag‘irlab esa haqiqiy ildizlar o‘sadi. Bu o‘simlik 
Rossiyada, xususan, uning o‘rmon zonasida keng tarqalgan. Cho‘qmoqli plaun 
dixatomik shoxlangan, yer bag‘irlab o‘sadigan o‘simlik bo‘lib, ayrim hollarda uning 
uzunligi 3 m


ga qadar boradi. Poyasi bigizsimon barglar bilan qoplangan, uning gorizontal 
holda yer bag‘irlab o‘sadigan qismida ancha murakkab tuzilishli, shoxlangan ildizlari 
bor. Poyasining ichki tuzilishi nisbatan murakkab, uning sirt tomonida og‘izchali 
epidermis joylashgan, epidermis ostida ich tomonidan endodermaga o‘xshash po‘st 
bo‘ladi. Endodermadan so‘ng peritsikl boshlanadi, markazda esa traxeidlardan iborat 
ksilema joylashgan bo‘lib, uni elaksimon naylar va parenxima hujayralaridan 
shakllangan floema o‘rab turadi. Barglari uzun, ensiz, poyada navbatlashib, qarama-
qarshi va halqa shaklida joylashgan. Poyaning uchida dixatomik shoxlangan 
cho‘qmoq shaklidagi boshoqlar bo‘ladi. Boshoqchaning markazidan o‘q o‘tadi. 
Boshoqcha o‘qiga qorin qismi kengaygan, qisqa bandli, o‘tkir uchli spora saqlovchi 
barglari o‘zining tub qismi bilan birlashgan. Spora barglarning markazida 
buyraksimon sporangiy joylashgan. Sporangiyning ichi juda ko‘plab bir xil 
kattalikdagi sporalar bilan to‘la bo‘ladi. Pishib yetilgan sporangiy yorilib, sporalar 
qulay sharoitga tushishi bilan ulardan plaunning gametofit nasli — o‘simta o‘sib 
chiqadi. O‘simtaning ostki qismida rizoidlar, ustki qismida jinsiy organlar anteridiy 
va arxegoniy taraqqiy etadi. Odatda anteridiy o‘simtaning markazida, arxegoniy esa 
uning tashqi qismida joylashgan bo‘ladi. Cho‘qmoq plaunning gametofiti 15-20 yilga 
qadar umr ko‘radi. Jinsiy organlarning rivojlanishi va urug‘lanishi gametofit 
hayotining ikkinchi yarmida kuzatiladi. Urug‘lanishdan so‘ng vujudga kelgan 
zigotadan darhol sporofit murtagi shakllanadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng sporofit 
murtagidan cho‘qmoq plaunning sporofit nasli hosil bo‘ladi. Plaunsimonlar ma’lum 
darajadagi xo‘jalik ahamiyatiga ega, undan olinadigan moy tabobatda, sporasidan 
olinadigan bo‘yoq esa jun va ipakni bo‘yash uchun ishlatiladi. Yer usti novdalari 
mayda barglar bilan qoplangan. Barglari cho‘zilgansimon, o‘rtasidan bitta o‘tkazuvchi 
nay o‘tadi. Bargining uchi tevanasimon cho‘ziq, o‘tkir uchli. Vertikal novdalarida 
spora saqlovchi boshoqlar joylashgan. Boshoqchalar uzun bandli, mayda yashil 
bargchalar bilan zich qoplangan. Boshoq markaziy o‘qdan iborat bo‘lib, unda sarg‘ish 
rangli sporachi barglar joylashgan. Ular uchburchak tuxumsimon shaklda, cheti 


tishsimon qirqilgan, tishlari o‘tkir, biroz bukilgan. Sporofill ustida qisqa bandli, 
buyraksimon 
sporangiylar 
joylashgan. 
Sporangiyda 
arxegoniy 
shakllanadi. 
Arxegoniyda otalanish va reduksion bo‘linishdan so‘ng sporalar hosil bo‘ladi. Plaun 
sporasi tarkibida 50% gacha moy bor. Rossiya federasiyasida cho‘qmoq plaunining 
sporasi metallurgiya zavodlarida materillarni qoliplashda ishlatiladi. Spora tarkibida 
moy ko‘pligi tufayli presslangan metall qolipga yopishib qolmaydi. Sporalardan 
tuproq bag‘rida gaploid gametofit o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simta tuproq ostida unadi. 
U qavariq, ostki qismi botiq. Ayrim hollarda, o‘simtaning to‘liq yetilishi uchun 15-20 
yil vaqt talab qilinadi. O‘simta hujayralarida xlorofill hosil bo‘lmaydi. Zamburug‘ 
bilan hamxonalik hisobida (ektotrof mikoriza) oziqlanadi. Zamburug‘ giflari o‘simta 
rizoidlari orqali uning tanasiga kiradi. O‘simtaning ust tomonida arxegoniy va 
anteridiy hosil bo‘ladi. Anteridiy va arxegoniy o‘simta tanasiga biroz botgan holda 
turadi. Otalangan tuxum hujayrasidan (zigota) urug‘murtak shakllanadi va 
keyinchalik diploid nasl — yetilgan cho‘qmoq plauniga aylanadi. Cho‘qmoq plauni 
poyasining markazida o‘tkazuvchi nay bog‘lami joylashgan bo‘lib, u ksilema 
o‘tkazuvchi naylardan iborat. Narvonsimon ksilema to‘qimalari orasida yog‘och 
parenximasi, ular atrofida elaksimon lub (floema) tolalari joylashgan. Floema yonidan 
perisikl qatlami joy olgan. Uning ust tomonida mahkamlik to‘qimlari, ustida esa 
yupqa po‘stli parenxima joylashgan bo‘lib, uning ustida bir qator maxkamlik 
to‘qimalar, poyaning sirtida bir qavat epidermis qoplangan. Po‘st paremximasining 
ustki va ostki tomonidan mahkamlik to‘qimalari joy olgan bo‘lib, unda barg 
bandining o‘rni ko‘rinib turadi. Selaginellalar, asosan tropik mintaqalarda soya 
joylarda o‘sadigan o‘simliklardir. Ular har xil (tengsiz) sporalar yordamida ko‘payishi 
bilan boshqa qabilaga kiradigan plaunlardan farq qiladi. Selaginella mayda 
(mikrospora) va yirik spora (makrospora) hosil qiladi. Har xil sporalilik
evolyutsion rivojlanishda katta rol o‘ynaydi, chunki bu xususiyat ikki xil, ya’ni 
erkak va urg‘ochi o‘simta (gametofit) vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Selaginellalar 
biron amaliy ahamiyatga ega emas. Oddiy selaginellaning (Selaginella). Selaginellalar 


ajdodi vakillari har xil sporaliligi bilan xarakterlanadi. Ularning aksariyat qismi tropik 
va subtropiklarda tarqalgan. Sellaginellalarning Yer kurrasida 700 turi tarqalgan 
bo‘lib, shundan mo‘tadil iqlimli mintaqa 8 ta turining o‘sishi aniqlangan. Ularning 
ayrimlari issiqxonalarda (oranjereya) o‘stiriladi. Bu o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘t, 
lekin ayrim butasimon turlari ham bor. Barglari mayda, poyada zich bo‘lib 
joylashgan. Ayrim turlarining bargi ikki xil: poyaning uchki qismida joylashgani 
ancha mayda, pastki qismida joylashganlari katta. Barg tubida mayda parda bo‘lib bu 
organ barg tili deb yuritiladi. Ildiz selaginellaning rizofora deb ataluvchi maxsus 
organlarida hosil bo‘lib, o‘simlikning tanasida shakllanadi. O‘simlikning poya va 
ildizlari dixotomik shoxlangan. 
 

Yüklə 247,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin