«5» baho: a) o’quvchi materialni to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda, o’zma ishlarda xatolarga qo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo’yiladi.
«4» baho: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olsa; g) og’zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasdan, o’qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g’rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’ysa;
«3» baho: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuni o’zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda o’qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o’zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo’lsa.
«2» baho: o’quvchi o’rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o’zlashtirmagan, yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa.
V-Modul:Pedagogikaning dolzarb yo`nalishlari
15-mavzu:Korrekssiya (maxsus) pedagogika. Korreksion pedagogika - pedagogika fanining tarmog`i sifatida. O`zbekistan Respublikasi “Ta’lim to`g`risida”gi Qonunda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar va o`smirlarni o`qitish.
Korreksion pedagogikaning rivojlanish tarixi. Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari, kategoriyalari.
Anomal bolalar va ularni klassifikatsiyalash. Anomal bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning asosiy yo`nalishlari.
Aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilarni o`qitish. Ruhiy rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan o`tkaziladigan korreksion ishlar.
Nutqida nuqson bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish.
Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarni o`qitish.
Ko`zi ojiz va zaif ko`ruvchi bolalar bilan olib boriladigan pedagogik- korreksion ishlar.
Tayanch-xarakati a’zolarida nuqsoni bor bolalarni o`qitish va tarbiyalash.