Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - O’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini O’quvchilarga bildirishi va O’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni- uni O’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni O’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan O’quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi O’quvchi, yoshlar bilan O’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir. Dars - o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.