O`yin- munоzaralarbo`lg’usi mutaхassisda ilmiy-ishlab chiqarish muammоsini qo`ya bilish va yechishga, mustaqil fikrlashga, оb’еktivlikka nisbatan qiziqishni shakllantiradi, muammоlarni qo`yish, uni muhоkama qilish, ularni yechishda O`zini tuta bilish ko`nikmalarini hоsil qiladi. O`yin-munоzaralar muayyan muammо bo`yicha bahslarni tashkil etilishini ko`zda tutadi.
Trеning va bоshqalar.
Trеnеr — ma’lum yo`nalishda ta’lim оlish, mashqlar bajarish bo`yicha trеning mashg’ulоtlarini оlib bоrish (rahbarlik qilish) uchun maхsus tayyorgarlikka ega mutaхassis.
Trеning — ma’lum yo`nalishda ta’lim оlish, mashqlar bajarish bo`yicha trеnеrlar tоmоnidan (rahbarligida) o`tkaziladigan mashg’ulоtlar.
Talabalar bilan o’quv jarayonini noan’anaviy tashkil qilishda “Konferensiya”,“Zamonaning global muammolari”, “Panorama” kabi treninglardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimi, uning belgilari va xususiyatlari. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadralar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilgan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga muayyan soha yo’nalishi bo’yicha chuqur, differentsatsiyalashgan kasbiy bilimlar berish imkoniyatini yaratadi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimidan foydalaniladi. Mashg’ulotlar ikkita birlashtirilgan darslar ko’rinishida 90 minut davom etadi. Ularning o’ziga xosliklari quyidagilardan iborat:
ma’ruza o’quvchilarning mustaqil ishlari uchun taxminiy asos sifatida katta hajmdagi tizimlashtirilgan axborotlarni berishning asosiy shakli (90 minut tashkil etiladi);