1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

75-rasm. 
Ayirish organlari filogenezi.


230
jinssiz ko‘payish gallanish orqali amalga oshadi. Yassi chuvalchanglar – 
germafrodit. Ayniqsa parazit chuvalchanglarda jinsiy sistema kuchli taraqqiy 
etgan. 
T
o‘garak chuvalchanglarda jinsiy sistema yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, 
ayrim jinsli hisoblanadi. Ularda jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklarida – 
bitta urug‘don, urug‘ yo‘li, urug‘ chiqarish nayi bo‘ladi. Urg‘ochilari yirikroq 
bo‘lib, ularda ikkita tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon mavjud.
Halqali chuvalchanglardan ko‘p tuklilar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm 
kuzatilmaydi. Metamorfoz bilan rivojlanadi. Kam tuklilar germafrodit (ikki 
jinsli), lekin ikkita chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi. 
Molluskalardan ikki pallalilar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm kuzatil-
maydi.
Bo‘g‘imoyoqlilar vakillarining barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, 
jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qisqichbaqasimonlar va 
hasharotlar metamorfoz bilan o‘rgimchaksimonlar esa (kanalardan tashqari) 
metamorfozsiz rivojlanadi. 
Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy a’zolari juft-juftdan 
jabraoldi bo‘shlig‘ida joylashgan. 
Y
etilgan jinsiy hujayralar jabraoldi 
bo‘shlig‘idan suvga chiqariladi va suvda urug‘lanadi. 
Baliqlar ayrim jinsli hayvonlar (faqat dengiz olabug‘asi germafrodit). 
Jinsiy hujayralar suvda urug‘lanadi. Ayrimlarida esa ichki urug‘lanish va 
tirik tug‘ish kuzatiladi. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. 
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning erkaklarida bir juft urug‘don 
bo‘lib, buyrak yaqinida joylashgan. Urug‘donlardan boshlanadigan chiqarish 
nayi, siydik nayi orqali tashqariga ochiladi. Urg‘ochilarning bir juft 
tuxumdonlari tana bo‘shlig‘ida joylashgan. 
Y
etilgan tuxumlar tuxum yo‘lida 
shilimshiq qobiq bilan o‘ralib kloakaga, u yerdan tashqariga chiqariladi. 
Tashqi urug‘ lanish va metamorfoz bilan rivojlanish kuzatiladi. 
Sudralib yuruvchilarning jinsiy organlari erkaklarida bir juft urug‘don 
va urug‘ nayi, urg‘ochilarda esa bir juft tuxumdon va tuxum yo‘lidan 
iborat. Ulardan boshlab ichki urug‘lanish boshlanadi, ya’ni tuxum hujayra 
va spermatozoidning qo‘shilishi tuxum yo‘lida sodir bo‘ladi. Urug‘langan 
tuxum oqsilli bo‘lib, ohak po‘st bilan o‘ralib kloakaga, u yerdan esa 
tashqariga chiqariladi. Metamorfozsiz rivojlanadi. Ayrimlari esa tirik tug‘adi. 
Sudralib yuruvchilarda ichki urug‘lanish embrionning rivojlanishi uchun 
zarur bo‘lgan oziqqa ega va qalin po‘choqqa ega tuxum hayvonot olamidagi 
aromorfozlardan biri sanaladi. 
Qushlarning erkagida bir juft urug‘don va bir juft urug‘ yo‘li bo‘lib, 
kloakaga ochiladi. Urg‘ochilarida bitta tuxumdon va tuxum yo‘li bo‘lib, 


231
tuxum hujayra tuxum yo‘lida urug‘lanadi. Tuxum yo‘lida ohak po‘choq 
bilan o‘ralib, kloaka orqali tashqi muhitga chiqariladi. Tuxum hujayrasida 
sariqlikning miqdori ko‘p, metamorfozsiz rivojlanadi va jinsiy ko‘payish 
bilan bog‘liq bo‘lgan instinktlar yaxshi rivojlangan. 
Sutemizuvchilarning erkaklarida bir juft urug‘don, urg‘ochilarida bir 
juft tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon bo‘ladi. Tuban sutemizuvchilarda 
bachadon rivojlanmagan, xaltalilarda esa sust rivojlangan yoki rivojlanmagan 
bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayra ona qornida – bachadonda rivojlanadi. 
Homiladorlik muddati homilaning soniga va yashash muhitiga bog‘liq. 
Barcha sutemizuvchilarda jinsiy dimorfizm kuchli rivojlangan bo‘lib, 
urg‘ochilari bolasini sut bilan boqadi. 
Shunday qilib, evolutsiyada ayirish va jinsiy sistema qoldiq moddalarni 
va jinsiy mahsulotlarni ayirish funksiyasini bajarib, embrional taraqqiyot 
davrida mezodermadan rivojlanadi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin