1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


O‘simlik va hayvonlardagi quruqlik-havo muhitida yashashga mosla-



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

O‘simlik va hayvonlardagi quruqlik-havo muhitida yashashga mosla-
nish lar.
Suv muhitidan farq qilib, havoning zichligi katta emas. Shuning 
uchun bu muhitda o‘simliklarda tayanch vazifasini bajaruvchi mexanik 
to‘qimaning rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Iqlim omillarining keskin 
o‘zgaruvchanligi esa o‘simliklarda qoplovchi to‘qimalarning hosil bo‘lishiga 
sabab bo‘ldi. Undan tashqari, o‘simliklarda shamol yordamida changlanishni, 
sporalar, urug‘ va mevalarning tarqalishini ta’minlovchi moslanishlar paydo 
bo‘ldi. 
Hasharotlar va qushlarda uchishga moslanishlar yuzaga keladi. Havo 
massalarining harakati ayrim mayda organizmlar (o‘rgimchaklar, hasharotlar)
ning passiv tarqalishini ta’minlaydi. Evolutsiya jarayonida hayvonlarda 
tashqi (bo‘g‘imoyoqlilar) va ichki skeletning (xordalilar) mukammallashuvi 
havo zichligining pastligi bilan bog‘liq. Quruqlik hayvonlari chegaralangan 
tana massasi va gavda o‘lchamiga ega. Masalan, quruqlikda yashovchi eng 
yirik hayvon – filning massasi 5 tonnagacha bo‘lsa, dengizda yashovchi 
gigant kitning massasi 150 tonnagacha yetadi. 
Tuproq muhiti. 
Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza qatlami 
tuproq
deyiladi. Tuproq iqlim va biologik omillar ta’sirida hosil bo‘lgan. Qattiq 
tuproq zarralari orasida havo va suv bo‘ladi. 
Tuproq organizmlarning yashash muhiti sifatida katta zichlikka egaligi, 
yorug‘likning bo‘lmasligi, haroratning kam darajada o‘zgarishi, kislorod 
miqdorining kam, karbonat angidrid miqdorining ko‘p bo‘lishi kabi 
xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Turli iqlim mintaqalaridagi tuproqlar 


33
namlikning miqdori, havo bilan ta’minlanganligi, pH ko‘rsatkichi va 
sho‘rlanish darajalari bilan o‘zaro farq qiladi. Tuproq muhitida yashovchi 
organizmlar 
edafobiontlar 
(yunoncha «edaphos» – tuproq, «biontos» – 
yashovchi) deb ataladi.
Tuproqning yuqori qatlamida o‘simliklarning ildizlari o‘rnashgan bo‘lib, 
ularning hayotiy jarayonlari mobaynida va nobud bo‘lgandan so‘ng tuproq 
qatlamini yumshatib, tuproqda yashovchi organizmlar hayoti uchun sharoit 
yaratadi. Tuproqda yashovchi hayvonlar tuproq massasini aralashishini 
ta’minlaydi. O‘simlik va hayvonlar nobud bo‘lishi tufayli tuproq tarkibida 
to‘plangan organik qoldiqlar tuproqda yashovchi sodda hayvonlar, bakteriya 
va zamburug‘lar uchun oziq va energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi. 
Tuproq o‘simliklar uchun tayanch funksiyasini bajarish bilan bir qatorda
suv va mineral moddalar manbayi hisoblanadi. O‘simliklar hayotida tuproq 
tarkibidagi organik qoldiqlar – chirindi yoki gumus ahamiyatga ega. Tuproq 
tarkibidagi organik moddalar kimyoviy jarayonlar, shuningdek, detritofaglar, 
bakteriyalar, zamburug‘lar ta’sirida parchalanadi va gumusga aylanadi. 
Gumus organik moddalar parchalanishining oxirgi mahsuloti bo‘lib, 
tuproq tarkibida qanchalik ko‘p bo‘lsa, tuproqning unumdorligi shuncha 
yuqori bo‘ladi. Gumus tuproq tarkibi, strukturasini yaxshilaydi, unumdorligini 
oshiradi. Organik moddalar va chirindining minerallashuv jarayonlari tufayli 
tuproq o‘simliklarning oziqlanishida muhim o‘rin tutuvchi azot, fosfor, 
oltingugurt, kalsiy, kaliy kabi elementlarning tuproq tarkibida to‘planishini 
ta’minlaydi. O‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishida tuproqda yashovchi 
mikroorganizmlar alohida o‘rin tutadi. Ko‘pchilik yuksak o‘simliklar 
zamburug‘lar bilan ildizining shimish faoliyatini kuchaytiruvchi mikoriza 
hosil qiladi. 
Tuproqda yashovchi mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar o‘zaro bir-
biri bilan bog‘liq holda yashaydi. Hayvonlar va bakteriyalar o‘simliklardagi 
oqsil, uglevod, yog‘larni o‘zlashtiradi. Zamburug‘lar yog‘ochlik tarkibidagi 
sellulozani parchalaydi. Bunday munosabatlar natijasida tog‘ jinslarining 
fizik va biokimyoviy xususiyatlari o‘zgarib, to‘xtovsiz ravishda tuproq hosil 
bo‘lish jarayoni sodir bo‘ladi (7-rasm). 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin