43
o‘zgaruvchanligiga keng doirada moslanuvchan bo‘ladi.
Kosmopolitlar
–
keng
tarqalgan, ya’ni Yer yuzining juda katta hududlarini egallagan turlardir.
Masalan, kalamushlar, suvaraklar, pashshalar, burgalar kosmopolitlar sanaladi.
M
uhit omillarining keng doirada o‘zgarishiga turning bardosh bera
olmasligi yoki chidamlilik chegaralari doirasi torligi tegishli omilga «steno»
so‘zini qo‘shish orqali ifoda etiladi. Nisbatan
doimiy muhit sharoitida
yashashga moslashgan, harorat, namlik, atmosfera bosimi kabi omillarning
tor ko‘lamda o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan o‘simlik va hayvonlar
stenobiontlar
(yunoncha «stenos» – tor, cheklangan, «biontos» – yashovchi)
deb yuritiladi. Masalan, Janubiy Amerikada yashovchi kolibrilar ma’lum bir
turdagi o‘simlik nektari bilan oziqlanadi. Shuning
uchun bu qush turining
areali tor bo‘lib, aynan shu o‘simlikning areali bilan belgilanadi. Avstraliyada
yashovchi xaltali ayiq – koala faqat evkalipt daraxtida yashab, uning bargi
bilan oziqlanadi.
Tirik organizmlar har bir omilga nisbatan alohida moslashadilar.
Organizmlarning alohida bir omilga nisbatan chidamlilik darajasining yuqori
bo‘lishi, uning boshqa omillarga ham chidamli ekanligini anglatmaydi.
Masalan, havo haroratining vaqtinchalik pasayishiga bardoshli,
bu vaqtda
karaxt holatga o‘tadigan ayrim mayda hasharotlar havo namligining keskin
pasayishini ko‘tara olmay, tez nobud bo‘ladi.
Ekologik nisha haqida tushuncha
. Muhitning ekologik omillari bilan
murakkab munosabatlar tizimida har bir tur o‘zining muayyan ekologik
o‘rniga – ekologik nishasiga ega. Turning biotizim
sifatida mavjudligini
belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig‘indisi
ekologik
nisha
deyiladi. Ekologik nisha organizmning hayot tarzi, yashash shart-
sharoitlari, oziqlanishi kabilarni o‘z ichiga oladi. Ekologik nisha tushunchasini
yashash joyi tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Ekologik nishadan farq
qilib, yashash joyi organizm egallagan hududni anglatadi. Masalan, dasht
hayvonlari hisoblanadigan qoramol va kenguruning
yashash joylari boshqa
bo‘lgani bilan bitta ekologik nishani egallaydi.
Olmaxon va bug‘u bir hududda – o‘rmonda yashaydi, lekin turli ekologik
nishalarni egallaydi. Afrika savannalarida bir necha tuyoqli o‘txo‘r hayvon
turlari yashaydi. Ularning yashash joyi umumiy, lekin ular shu joydagi
mavjud oziq resurslaridan turlicha foydalanadi.
Jirafalar daraxtlarning barglari va shox-shabbasi bilan oziqlansa, zebralar
o‘tlarning yuqori qismini iste’mol qiladi, gnu antilopalari o‘simlik poyalarining
44
o‘rta qismlari va urug‘larini yeydi. G‘izollar o‘tlarning
eng pastki qismlari
bilan, boshqa bir tur antilopalar butalarning yosh barglari bilan oziqlanadi.
Shunday qilib, bir joyda yashovchi har xil turga mansub tuyoqli hayvonlar
turli yarusda o‘sadigan o‘simliklarning organlari bilan oziqlanib, boshqa-
boshqa ekologik nishalarni egallaydi (11-rasm). Bir daraxtda yashashiga
qaramay, olmaxon daraxtning urug‘lari bilan,
qizilishton esa daraxt
po‘stlog‘i ostidagi hasharotlar bilan oziqlanadi. Birgalikda yashayotgan
turlarning ekologik nishalari bir-birini qoplamaydi, aks holda bir tur
ikkinchi turni siqib chiqaradi. Masalan, kulrang kalamush va qora kalamush
populatsiyalari birgalikda yashaganda kulrang
kalamush populatsiyasi qora
kalamush populatsiyasini siqib chiqaradi. Demak, bir biotsenozda hech
qachon ikki tur bitta ekologik nishani egallamaydi. Undan tashqari, bir turga
mansub organizmlar shaxsiy rivojlanishning turli davrlarida har xil ekologik
nishani egallashi mumkin. Masalan, hasharotlarning to‘liq o‘zgarishi bilan
rivojlanishini eslang.
Dostları ilə paylaş: