1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


bo‘lishi mumkin.  Insonning bevosita ta’siri



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

 
bo‘lishi mumkin. 
Insonning bevosita ta’siri 
to‘g‘ridan to‘g‘ri tirik organizmlarga qaratilgan 
bo‘ladi. Masalan, ko‘mir qazib olganda, yog‘och kesganda inson ko‘mir yoki 
o‘rmonga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nooqi lona, 
rejalashtirilmasdan hayvonlarning ko‘plab ovlanishi turlar sonining keskin 
kamayishiga olib keladi. Insonning tabiatga ta’sir kuchi ortib borayotganligi 
tabiatni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 
Insonning bilvosita ta’siri 
iqlim, landshaftlar, atmosfera va suv 
havzalarining fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlari, tuproq, o‘simliklar va 
hayvonot dunyosini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bilvosita ta’sirda 
inson tabiatning muayyan obyektiga emas, balki boshqa obyektlarga ta’sir 
qiladi. Masalan, o‘rmondagi daraxtlarning kesilishi daraxtlarga nisbatan 


78
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir hisoblanadi, lekin bu o‘z navbatida o‘rmondagi boshqa 
o‘simliklar va hayvonot dunyosining o‘zgarishiga, tuproq yemirilishiga olib 
keladi. Zararkunandalarga qarshi zaharli kimyoviy moddalarning qo‘llanilishi 
boshqa hasharotlarning hamda tuproqda yashovchi hayvonlarning ham 
nobud bo‘lishiga olib keladi. Bunday kimyoviy moddalarning tuproqdagi va 
o‘simliklardagi qoldiqlari oziq-ovqat mahsulotlari orqali odam salomatligiga 
ham ta’sir qiladi. Inson omili organizmlarning yashash muhitini o‘zgartirish 
bilan ham ularga bilvosita ta’sir qilishi mumkin. Inson ongli yoki ongsiz 
ravishda bir o‘simlik yoki hayvon turini yo‘qotib, boshqa turning yashashi, 
ko‘payishi, tarqalishi uchun qulay sharoit yaratishi mumkin. Madaniy 
o‘simliklar, uy hayvonlari uchun inson yangi, ko‘p jihatdan qulay muhitni 
yaratib, ularning mahsuldorligini oshiradi, bu esa yovvoyi turlarning 
ko‘payish imkoniyatlarini kamaytiradi. 
Cho‘llarni o‘zlashtirish, o‘rmonlarni kesish, pichan o‘rish va mol boqish, 
suv, tuproq va havoni sanoat chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar, sanoat 
va maishiy chiqindilar bilan ifloslantirish kabi antropogen omillar tabiatga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Yer yuzida ko‘plab hayvon turlari inson ishtirokisiz ham qirilib ketgan. 
Lekin tabiatda bu jarayon asta-sekin amalga oshadi, ya’ni qirilgan hayvon 
turlarining o‘rnini yangi, muhit sharoitiga nisbatan ko‘proq moslashgan 
turlar egallab ulguradi. Insonning o‘simlik va hayvonot dunyosiga kuchli 
ta’siri turlarning qirilish jarayonini tezlashtiradi. 
Insonning ekologik omil sifatida tabiatga ta’siri xilma-xil bo‘ladi. Inson 
madaniy o‘simlik navlari, hayvon zotlarini yaratish bilan bir qatorda sun’iy 
ekosistemalar ham yaratadi, tabiiy ekosistemalarni tubdan o‘zgartiradi. 
Bunday o‘zgarishlar ayrim turlarning ko‘payishi va rivojlanishi uchun 
ijobiy, boshqalariga esa salbiy ta’sir etadi. Natijada turlar o‘rtasida yangi 
munosabatlar paydo bo‘ladi, oziq zanjirlar o‘zgaradi, organizmlarda 
o‘zgargan muhit sharoitiga moslanishlar kelib chiqadi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin