75
3. Qanday munosabatlar mutualizm deb yuritiladi? Mutualizm qanday mu-
nosabatlar asosida paydo bo‘ladi? Javobingizni misollar bilan to‘ldiring.
4. Organizmlarning qaysi guruhlari orasida simbioz munosabatlar yuzaga
kelishi mumkin? Simbioz munosabatlarga misollar keltiring.
5. Kommensalizm qanday munosabat hisoblanadi? Hamxo‘raklik hamsoyalikdan
va hamtovoqlikdan qanday farq qiladi? Javobingizni misollar bilan to‘ldiring.
6. Qanday biotik munosabatlarni amensalizm deyish mumkin? Amensalizm
muno sabatlarga misollar keltiring. Tirik organizmlar uchun bunday munosa-
batlarning qanday ahamiyati bor?
7. O‘zaro raqobatning mohiyatini tushuntiring. Qanday qilib o‘xshash ekologik
ehtiyojga ega organizmlar o‘zaro raqobatni bartaraf etadilar? Javobingizni
misollar bilan to‘ldiring.
8. «Yirtqich – o‘lja» munosabatining mohiyatini tushuntiring.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
.
1. O‘zaro munosabat turlari va ularga mos misollarni juftlang. O‘zaro muno-
sabat turlari: 1. Parazitizm. 2. Kommensalizm. 3. Mutualizm. 4. O‘zaro
raqobat. 5. Yirtqichlilik. Misollar: a) qalpoqchali zamburug‘lar – daraxtlar;
b) shimol tulkisi – oq ayiq; d) yopishqoq baliq – akula; e) zang zamburug‘i –
bug‘doyiq; f) o‘rgimchak – pashsha; g) tugunak bakteriya – dukkakli
o‘simlik; h) jigar qurti – qoramol; i) kulrang kalamush – qora kalamush;
j) bo‘g‘ma ilon – tovushqon; k) madaniy o‘simlik – begona o‘t.
2. Ekologik munosabatlarga mos ravishda shartli belgilarni qo‘ying: (0 0), (+ +),
(+ –), (+ 0), (– –), (– 0).
Dostları ilə paylaş: