1. psixikaning nerv-fiziologik asoslari


Xotiraning faoliyat sohalariga ko’ra turlari



Yüklə 137,26 Kb.
səhifə14/32
tarix01.01.2022
ölçüsü137,26 Kb.
#107217
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Psixologiya 1

11.Xotiraning faoliyat sohalariga ko’ra turlari

T.I. Xarakat, obrazli, emosional va so’z-mantiq xotiralari

Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilmaxil ko’rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatningxususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ravishda turlarga, ko’rinishlarga ajratiladi: I. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi turlarga bo’linadi:

а) harakat yoki motorharakat xotirasi;

b) obrazli xotira;

v) histuyru yoki hissiyot xotirasi;

g) so’zmantiq xotira.

II. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan;

a) ixtiyorsiz, b) ixtiyoriy, v) mexaniq.

III. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:

а) qisqa muddatli xotira;

b) uzoq muddatli;

v) operativ (tezkor) xotira.

IV. Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga ko’ra:

a) musiqiy, b) eshitish xotirasi.

V. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:

a) fenomenal, b) kasbiy.

Xotiraning xar xil turlarini ajratishda en umumiy asos qilib xotira xarakteristikasining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog’liqligi olinadi, bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy kriteriyaga muvofiq ravishda bo’linadi.

1.Ko’proq faoliyatda ko’rinadigan psixik faollik xarakteriga qarab, xotirani harakat, emotsional, obrazli va suz-mantikiy xotira turlariga bulinadi.

2.Faoliyat maqsadi xarakteriga kura, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bulinadi.

3.Materailani qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga qarab (faoliyatda xotiraning roli va urni jixatidan) qisqa muddatli, uzoq muddatli operativ xotira turlariga bo’linadi.

A) Harakat xotirasi-turli xil harakatlar va ularning sistemalarini esga olish, esda saklash va qayta esga tushirishdan iboratdir

B) Emotsional xotira odamning ilgari uz boshidan kechirgan xis-tuyg’ularini, emotsional xolatlarini esda olib qolishidir. Bu tuyga xissiyotga xos xotiradir.

V) Obrazli xotira tasavvurlar,tabiat va hayot manzaralari,shuning bilan birga tovushlar, xidlar, tamlar, bilan bog’liq xotiradir. Obraz xotirasi orqali material birinchi signallar tarzida, ko’rish, eshitish, harakat, tuyush va boshqa sezgi tasavvurlari haqida esda olib kolingan. Ba’zan eydetik deb atalgan(«eydos»-yunoncha suzdan olingan bo’lib, obraz degan ma’noni anglatadi)xotira turlariga ega bo’lgan odamlar uchrab turadi.

Xotiraning eydetik obrazlari yoki konkret ko’rgazmali obrazlari tashqi ta’surotlar tufayli sezgi a’zolarining qo’zg’alish natijasidir.

G) Suz mantikiy xotira mazmunini bizning fikrlarimiz tashkil qiladi.Suzlar bo’lmasa,fikrlar xam bo’lmaydi. Shuning uchun xam fikrlarimizga xos xotira shunchaki mantikiy xotira deb atalmay,balki suz-mantikiy xotira deb ataladi. Suzlar orqali ifodalangan fikrlar suz mantik xotirasi yordamida esda olib kolinadi.


Yüklə 137,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin