1. psixikaning nerv-fiziologik asoslari


Hissiyot va yuksak his-tuyg’ular



Yüklə 137,26 Kb.
səhifə23/32
tarix01.01.2022
ölçüsü137,26 Kb.
#107217
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Psixologiya 1

Hissiyot va yuksak his-tuyg’ular.

T.I. turlari, subyektivlik va sosiallik mohiyati, stenik va astenik hissiyotlar

Hissiyot deb tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo’lgan munosabatlarimizning va bu munosabatlarimizdan hosil bo’ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.

Hissiyotlar, odatda, juft-juft bo’lib uchraydi. Masalan, yoqimli-yoqimsiz, xush-noxush, xursand-xafa, shodlik- g’azab, muhabbat-nafrat kabi.


  1. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari.

Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po’sti qismining faoliyati bilan bog’liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa psixik jarayonlardan farq qila o’laroq bosh miya po’stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, hissiyotlar vegetativ nerv sistemasining faoliyati bilan bog’liqdir. Hissiyot vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan ichki a’zolarining faoliyati bilan bog’liq bo’lsa ham bari bir bosh miya po’sti orqali idora qilinadi.

3. Hissiy holatlar va ularning turlari.



Odamda har turli hissiy holatlar bo’lishi mumkin. Bunga sabab hissiyotlarning turlicha tezlik bilan yuzaga kelishi va ma’lum muddat davomida saqlanib turishidir. Ana shu jihatdan olganda odamda bir necha hissiy holatlarni farqlash mumkin. Hissiyotlarnint tezligi, ko’chi, barqaror yoki bekarorligi va chuqurligi nuktai nazaridan emotsional xolatlar quyidagi turlarga bo’linadi:

Kayfiyat

Affekt

Ehtiros

Ruhlanish

Kayfiyat uzoq muddatli, o’rtacha kuchga ega bo’lgan ruxny holatdir. Odamdagi hursandlik yoki gamginlik kayfiyati ma’lum sabablar asosida vujudga keladi. Shaxsning o’z faoliyatida yutuqlarga erishishi unda yaxshi, tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi. Muvaffaqiyatsizligi esa ma’yuslik ruhiy tushkunlik g’amginlik kayfiyatini tug’diradi. Odam o’zining, ruxiy tushkunligi gamginlik kayfiyatini tug’diradi. Odam o’zining barcha psixik holatlarini idora qilish imkoniyatiga ega. Kuchli iroda egasi bo’lgan odamlar o’z kayfiyatlarini boshqara oladilar. Hamma vaqt ularning ruhi tetik dimog’i choq bo’lib yuradi. Ular o’z kayfiyatlarining quli bo’lib qolmaydilar. Irodasi mustahkam bo’lmagan shaxslarda kayfiyat tez buziladi. Ular kayfiyatning ko’rinishlarini azob va qiynoq bilan o’tkazadilar.

Tez paydo bo’ladigan va qisqa muddat davom etadigan kuchli emotsional holat a f f ye k t dir. Odam affekt xolatida o’zini bilmay qoladi, hatti - harakatlarini nazorat qila olmaydi. To’satdan yuz beradigan kuchli tarzdagi qurquvga, g’azab, achchiqlanish, quvonch kabilar affekt holatidir. Bu holat odamda to’satdan paydo bo’lib, ba’zan hatto bir necha minut davom etadi. Odamdagi 6o’ xolat baqirish - chaqirish, xayqirish tarzida namoyon bo’ladi. Bu paytda tafakkur faoliyati susayadi. Nutq keskin ravishda buziladi. Ba’zi hollarda affekt holati natijasida organizmda kuchli fiziologik jarayonlar yuz beradi. Organizm bo’shashadi. odam o’zini tuta olmaydi. Mustahkam irodali odamlar affekt xolatida ham o’zlarini tuta biladilar. Kuchli xafalik va quvonch xolatlarini osonlik bilan o’tkazadilar. Ular affekt xolatiga kam beriluvchi bo’ladilar. Qizg’in temperamentli odamlar ayniqsa affekt xolatiga beriluvchan bo’ladilar. Ehtiroslar ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo’ladilar. Aniq narsaga yoki voqeaga qaratilgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslardir. Bilimga, san’atga, hunarga, mehnatga bo’lgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslar jumlasiga kiradi. Ichilikbozlikka, qimorga, k:artabozlikka, molparastlik va pulparastlikka bo’lgan extiroslar salbiy ehtiroslardir. Salbiy ehtiroslar jamiyatga zarar keltiradi shaxsni beburd va pastkash kimsaga aylantiradi. Faqat ijobiy moxiyatga ega bo’lgan, aniq maqsadga katta kuch va istak bilan intilishdan iborat emotsional holat ruxlanishdir. Odam faoliyatining muvaffaqiyatli mahsuli uni ruhlantiradi. Mehnatga berilgan baho, uni rag’batlantirish ham odamning ruhini ko’tarali, tetiklashtiradi.

Odamning hayotida kayfiyatning roli juda ham kattadir. Chunki kayfiyati amisha tetik, normal bo’lgan odamlarning ishlari ham unumli, barakali bo’ladi. Affekt to’satdan paydo bo’lib, tez orada o’tib ketadigan nihoyatda kuchli hissiy holatdir. Affekt holati yuz bergan paytda odamning ongi xiralashib, fikr qilish qobiliyati susayadi.. Affekt holatidagi harakatlar birdaniga boshlanib ketadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, affekt paytida ham odam ongini yo’qotib qo’ymasligi, o’z harakatlarini ongli idora qilishi kerak.

Ehtiros uzoq davom etadigan, anchagina kuchli hissiy holatdir. Ehtiros ba’zan bir umrga davom etishi mumkin. Ehtirosning ko’tarinki kayfiyatdan farqi shuki, ehtiros hamisha biror ob’yektga, ya’ni ilm egallashga, san’atning ma’lum bir turiga, sportga va shu kabilarga qaratilgan bo’ladi.

Ehtiros odamni ijodiy faoliyatga undovchi kuchdir. Ilm-fan, san’at, muzika, sport sohasida kuchli ehtirosga ega bo’lgan odam albatta katta muvafaqiyatlarga erishadi. Ehtiros bilan ishlaganda odam vaqtning ham o’tganini va charchaganini ham mutlaqo sezmaydi. Shuning uchun ham ehtirosning inson hayotidagi roli g’oyat kattadir.

Biroq ehtirosning salbiy, ya’ni jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq normalariga to’g’ri kelmaydigan turlari ham bo’ladi. Masalan, ichishga eg’tiros qo’yish, qimorga ehtiros qo’yish, xususiy mulk orttirishga ehtiros qo’yish kabilar. Ana shunday salbiy ehtiroslarga qarshi kurash olib borish va tushuntirish yo’li bilan odamlarni halokatdan saqlab qolish kerak. Haqiqiy ehtiros bolaning maktab yoshidan boshlab ko’rina boshlaydi.

Yüklə 137,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin