Sezgining fiziologik asoslari . Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, sezgilar modsiy (ob’yektiv) borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa ular xudsi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Sezgilarning qanday qilib yuzaga kelishi, ya’ni ularning nerv-fiziologik asoslari mashhur rus fiziologi akademik I.P. Pavlovning analizatorlar haqidagi ta’limotida atroflicha ochib berilgan. Akademik I.P. Pavlov biron narsa yoki hodisaning ta’sirini bevosita aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslarida analizatorlar ishidan iborat bo’lgan organizmning reflektor, ya’ni aks ettirish faoliyati yotadi. Analizatorlarning asosiy vazifalari organizmga ta’sir etayotgan turli qo’zg’otuvchilarni ayrim bo’laklarga ajratish, ularni bir-biridan farqlash, ya’ni analiz qilishdan iboratdair.
Odamning sezgilar orqali tashqi dunyo voqea-xodisalarini bilishi quyidagi uch bosqichdan iborat;
1. Tashqi dunyodagi predmetlar va voqea-xodisalar sezgi organiga (retseptorga) ta’sir etiadi. Bu ta’sir tegishli nervlarni harakatgakeltiradi, natijada qo’zg’alish vujudga keladi.
2. Bu qo’zg’alish maxsus nervlar yordamida bosh miyaga yetkaziladi.
3. Bosh miya po’stining markaziy xujayralar sistemasida sezish xolati yuz beradi.
Ana shu uch bosqichdan iborat bo’lgan sezuvchi nerv apparati akademik I.P.Pavlov ta’limotida analizator deb aytiladi. Biror predmet yoki voqea-xodisaning ta’srini bevosita aks ettiruvchi apparat analizator hisoblanadi. Bu jihatdan har bir sezgi a’zosi o’ziga xos analizatordir. Masalan, ko’z – ko’rish analizator, quloq – eshitish analizatori, burun – hid bilish analizatori deb yuritiladi. Odam organizmidagi har bir sezgi a’zosi (ko’z, quloq, burun va x.k.) narsa va xodisalarning narsa va xodisalarini analiz qilib (qismlarga parchalab), bosh miyaga o’tkazadi. Shuning uchun ularni analizator-analiz qiluvchi deb aytiladi.
Yuqori darajada taraqqiy etgan odam miyasida tashqi muhitdan qabul qilib olinadigan barcha ta’sirotlarni nozik analiz qiluvchi murakkab nerv mexanizmi bor. Bu mexanizm analizatordir. I.P.Pavlov fikricha, analizator tashqi dunyo ta’sirotlarining murakkabligini ayrim elementlarga parchalab yuborish vazifasini bajaruvchi asbobdir.
Sezgi organlarining organizmdagi o’rni va qo’zg’alishiga muvofiq sezgi turlari quyidagi uch gruppaga ajratiladi;
1.Eksteroretseptorlar – bu gruppaga ko’rish, eshitish, hid bilish, maza va teri sezgi organlari kiradi. Organizmdan tashqaridagi narsa va xodisalarning xossalari shu organlar orqali aks etadi. 2.Proprioretseptorlar – bu gruppaga muskul-harakat, pay va boylamlarda bo’ladigan sezgilar hamda statik sezgilar kiradi. Bu gruppaga kiruvchi sezgilarni harakat yoki kinestetik sezgilar deb ham yuritiladi. 3.Interoretseptorlar – bu gruppaga gavda ichidagi organlar – me’da, ichak, jigar, o’pka, qon aylanish organlari, umuman organiq sezgilar kiradi. Bu sezgilar ichki organlarning xolatini aks ettiradi. . Sezgilar klasifikatsiyasi. Sezgilar turli tuman bo’ladi. Sezgilar odatda kaysi sezgi a’zosi orqali xosil kilinishiga qarab,kuyidagi turlarga bulinadi.Ko’rish sezgilari, eshitish sezgilari, xid bilish sezgilari, maza (tam)sezgilari, teri sezgilari ,harakat sezgilari, tana muvozanati sezgilari, va organiq sezgilar.
Retseptorlarning joylashish urniga qarab barcha analizatorlarni uch gruxga bulish mumkin. Birinchi gruxga retseptorlar organizmning sirtida joylashgan va tashqi ta’sirga kulay analizatorlar kiradi. (Ilmiy adabiyotda ularni eksteretseptorlar deb kabul etilgan).
Ko’rish, eshitish, teri, xid va maza sezgilari analizatorlarning ishi bilan bog’liq. Ikkinchi gruxga retseptorlari ichki organlarga joylashgan (Interetseptorlar) va ichki qo’zg’atishlar ta’siri uchun kulay bo’lgan analizatorlar kiradi. Ular ichki organlarning turli xolatidan signal (xabar) beradi. Uchinchi gruxga harakat analizatorlar va muvazanat analizatori (proprioretseptorlar) kiradi.
Insonning hayoti va faoliyatida ko’rish sezgilarining benixoya roli katta. Teri sezgilari narsalarning mexaniq va psixik xossalarining terining sirt kismiga ta’sir etishi natijasida paydo bo’ladi, bu qo’zg’alish terining orqa markaziy burmalar atrofida joylashgan analizatorning pust kismiga utkaziladi.
Teri sezgisi ogrik sezgilariga, xarorat sezgilariga va taktil sezgilarga bulinadi. Ogrik sezgilari juda xilma-xil qo’zg’atkichlar (issiklik, mexaniq va ximiyaviy qo’zg’atkichlar) tomonidan, ular organizmning tirik tukimalarini buza boshlashi bilanok paydo bula boshlaydi. Bu sezgilar ximoyaviy axamiyatga yega bo’lib, shu maьnoda ular juda muxim rol uynaydi.
Xarorat (issiklik) sezgilari issik va sovukni sezishdan iborat. Issik yoki sovukni sezishning aloxida-aloxida nerv uchlari bo’ladi. Ular terining turli kismlarida notekis joylashgan. Masalan, kulimiz terisidan orqamizdagiga qaraganda xarorat nuktalarining soni kamrok. Orqaning issik-sovukka ortik darajadagi sezgiligi mana shu bilan izoxlanadi. Taktil sezgilarning retseptorlari xam terining yuza katlamida joylashgan nerv uchlaridir. Ular kul barmoklarining uchida va tilda eng zich joylashgan bo’ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning tekkanini, bosimni va tebranishni sezishlar kiradi.
Xid bilish sezgilari moddalar xidining tegishli nerv ichlari joylashgan burun shillik pardasiga ta’sir etishi natijasida xosil bo’ladi. Xid bilish sezgilari tam sezgilari bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Ovkatning xidi uning tami bilan kushilib ketadi. Ichki sezgilarga ochlik, tuklik, tashnalik, kungil aynishi va boshqalarni sezish kiradi. Ular organiq sezgilar deb ataladi. Organiq sezgilarning retseptorlari ichki organlarda joylashgan bo’lib, ular qo’zg’olganda nerv impulьslarini bosh miya kobigining tegishli bulimlariga yetkazadi.
Chunki guruxga muvozanat va harakat sezgilari kiradi.
Muvozanat sezgilari tananing fazodagi xolati xakida signal beradi. Bu sezgilarning retseptori ichki kulokning daxlizi va yarim doira shaklidagi kanallaridan tuzilgan. Vestyublyar apparat bo’lib qo’zg’alish bu aparatdan bosh miya pustining chakka kismiga uzatiladi. Bu analizator buzilsa kishi fazorda muvozanat saklay olmaydi. Harakat sezgilari harakat organlarida sodir buluvchi jarayonlar tufayli ruy beradi.
Ularning retseptorlari mushaklarning ichida xamda paylarda joylashgan nerv uchlaridir. Harakatlanish jarayonida mushak va paylarning qisqarishi va bushashi bu nerv uchlarida qo’zg’alish xosil qiladi. Bu qo’zg’alish olidingi markaziy burmalarning oldingi bo’lmasida joylashgan pust kismiga uzatiladi. Bu sezgilar inson hayot iva faoliyatida juda muxim rol’ uynaydi.
Dostları ilə paylaş: |