1. Pul-kredit siyosati


Bank tizimi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar



Yüklə 36,52 Kb.
səhifə5/7
tarix20.02.2023
ölçüsü36,52 Kb.
#123524
1   2   3   4   5   6   7
1. Pul-kredit siyosati

Bank tizimi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar. 2013 yilda tijorat banklarining respublika hududlaridagi filiallar tarmog’i yanada kengayib, 2014 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, ularning soni 837 taga etdi.
Bank muassasalarini aholi va ishlab chiqarish korxonalari hududlariga yaqinlashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanish sharoitlarini yanada qulaylashtirish maqsadida tashkil etilgan minibank va maxsus kassalar soni o’tgan yilda 66 taga ko’payib, ularning soni 4196 taga etdi, shundan 2156 tasi qishloq joylarida joylashgan.
Bundan tashqari, aholidan kommunal va boshqa to’lovlarni bevosita aholi yashash joylariga borib qabul qiluvchi 505 ta ixtisoslashtirilgan ko’chma kassa faoliyati yo’lga qo’yildi.
Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda xorijiy yirik banklarning 6 ta vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.
Bank infratuzilmasining kengayib borayotganligi, o’z navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
2013 yilda monetar siyosat «Monetar siyosatning 2013 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari» asosida amalga oshirilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan respublika Hukumatining 2013 yil 18 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari, xususan, belgilangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning so’zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratildi.
Pul-kredit sohasida yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlariga muvofiq iqtisodiyotning oshib borayotgan pulga bo’lgan talabini to’liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan prognoz ko’rsatkichidan oshirmaslik maqsadlariga qaratilgan choratadbirlar amalga oshirildi.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda Markaziy bank o’z tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalandi.
O’z navbatida, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan pul bozoridagi operatsiyalari muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga qaratildi.
Shuningdek, 2013 yil davomida tashqi savdo balansining ijobiy saldosi va bank tizimi sof tashqi aktivlarining ko’payishi hisobiga shakllangan qo’shimcha likvidlikning inflyatsion bosimga ta’sirini oldini olish maqsadida o’tkazib borilgan sterilizatsiya operatsiyalarining o’rtacha hajmi 2012 yilga nisbatan 1,2 martaga oshdi.



Yüklə 36,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin