36.27. Havoning nisbiy namligi 30 °C da 80%. Agar bu havo doimiy hajmda 50 °C gacha qizdirilsa, nisbiy
namlik qanday bo’ladi? To’yingan bug’ning bosimi 30 °C da 4200 Pa, 50 °C da 12 300 Pa.
36.28. Yopiq slindrik idishdagi porshen ostiga bir xil remperaturali 21 g suv va suv bug’lari aralashmasi
kiritildi Hajm 7 marta orttirilganda, 12 g suyuqlik bug’landi va barcha suv bug’ holatiga o’tdi. Nisbiy
namlik qanday bo’lib qoldi. Jarajonda temperatura o’zgarmagan.
To’rtinchi daraja
36.29. Hajmi 50 m
3
bo’lgan honadagi xavo temperaturasi 27 °C va nisbiy namligi 30%. Bug’latish tezligi 2
kg/soat bo’lgan havo namlatgish qancha vaqt ishlasa, honadagi namlik 70% gacha oshadi? To’yingan
bug’ning bosimi 27 °C da 3565 Pa.
36.30. Atmosferadagi quruq havoning zichligibir xil temperaturada , namligi 90% bo’lgan nam xavo
zichligidan necha marta kata? Atmosfera bosimi 100 kPa, havo temperaturasida to’yingan bug’ zichligi 2.2
kPa. Havoning molyar massasi 29 g/mol.
36.31. 293 K temperatura va 101 kPa bosimdagi, namligi 44% bo’lgan, 1 m
3
hajimdagi havo massasi
1.2 kg. Bu temperaturadagi to’yibgan bug’ bosimini aniqlang. Havoning molyar massasi 29 g/mol.
37.
Ho’llanish. Sirt taranglik. Kapliyar hodisalar.
Birinchi daraja
37.1. Diametri 75 mkm bo’lgan tuproq kapliyarda suv qanday balandlikka ko’tariladi? Suv tuproqni to’liq
ho’llaydi, suvning sirt taranglik koeffisenti 73 mN/m.
37.2. Spirt diametri 1 mm bo’lgan kapliyar nayda 11 mm balandlikka ko’tarilsa, spirtning sirt taranglik
koeffisentini aniqlang. Spirtning zichligi 790 kg/m
3
.
37.3. Ochiq uchi bilan suvga tushirilgan kapliyar nayda sun 12 mm balandlikka ko’tarilgan bo’lsa, kapliyar
nayning diametrini aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffisenti 73 mN/m.
Ikkinchi daraja